O‘zbekiston | 14:46 / 25.05.2019
21670
2 daqiqa o‘qiladi

Aktam Haitov Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisligiga rasman saylandi

O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashining III konferensiyasi videomuloqot tarzida o‘tkazildi, deb xabar bermoqda O‘zA. Unda hududlardan mingga yaqin vakillar va turli tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi.

Foto: O‘zA

Hozirga qadar O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi vazifasini bajarib kelgan Aktam Ahmadovich Haitov rais lavozimiga saylandi.

Aktam Ahmadovich Haitov
Foto: uzlidep.uz

Raisning birinchi o‘rinbosari etib Jahongir Baxtiyorovich Po‘latov saylandi. Rais o‘rinbosari etib Farhod Isroilovich Nabijonov, Faxriddin Ne'matullayevich Kushanov saylandi.

Shuningdek, hozirga qadar viloyat kengashlarida vazifasini bajaruvchi bo‘lib faoliyat yuritib kelayotgan raislarning hammasi ovoz berish yo‘li bilan o‘z vazifasiga saylandi. Endi ularga nisbatan vazifasini bajaruvchi iborasi qo‘llanmaydi.

O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashining videomuloqot tarzida o‘tkazilgan III konferensiyasida O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirining maslahatchisi Abrol Jabborovich Vahobov ishtirok etdi.

Aktam Haitov 2018 yilning martida prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan tanqidga uchrab, aprel oyida ishdan olingan va O‘zbekiston Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi lavozimida ish boshlagandi.

Mavzuga oid