Parlament: Moliyaviy rejalashtirishdagi byurokratizm Davlat dasturini bajarishda to‘siq bo‘lmoqda
Oliy Majlis Qonunchilik palatasida Harakatlar strategiyasini «Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili»da amalga oshirishga oid Davlat dasturining joriy yil birinchi choragida bajarilishining borishi to‘g‘risida Hukumatning hisobotini eshitish masalasi bo‘yicha yig‘ilishini samarali o‘tkazish maqsadida siyosiy partiyalar fraksiyalari va qo‘mitalarda muhokamalar o‘tkazildi.
Ularda deputatlar qatorida Hukumat a'zolari, Vazirlar Mahkamasi mas'ul xodimlari va boshqa ijro organlari vakillari ishtirok etishdi. «Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili»da amalga oshirishga oid Davlat dasturi bandlari ijrosi holati va istiqbollari, uning alohida bandlari bajarilishidagi muammolar yuzasidan mulohazali, amaliy va tanqidiy muhokamalar bo‘lib o‘tdi.
Maslahatlashuvlar eng muhim, bugungi kunda dolzarb bo‘lib turgan muammolarni parlamentning quyi palatasi yig‘ilishida muhokama qilish imkonini yaratdi. Deputatlar Qonunchilik palatasi majlisining jonli muhokamalari chog‘ida Davlat dasturiga kiritilgan loyihalarni o‘z vaqtida va to‘liq moliyalashtirishda uchrayotgan tizimli muammolarni asosli ravishda ko‘rsatib o‘tib, vakolatli organlar tomonidan moliyalash manbalarini aniqlash hamda mustahkam moliyalashni ta'minlash masalalarini hal etishda rasmiyatchilik holatlari mavjudligini qayd etib o‘tdilar.
– Davlat dasturining amaliyotga tatbiq etilishidagi moliyaviy muammolarning yechimida byurokratizmning mavjudligini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” Davlat dasturining 8-bandi misolida ko‘rsatish mumkin, — deydi “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasi a'zosi Ilhom Abdullayev. — “Elektron parlament” tizimini rivojlantirish bo‘yicha choralar ko‘rish ko‘zda tutilgan mazkur bandning ijrosini ta'minlashda Oliy Majlis palatalari va Prezident Administratsiyasi qatorida Vazirlar Mahkamasi ham belgilangan. AKTni rivojlantirish jamg‘armasi dasturda amalga oshiriladigan ishlarni moliyalash manbasi sifatida ko‘zda tutilgan. Oliy Majlis tomonidan Prezident Administratsiyasi bilan hamkorlikda ko‘rsatib o‘tilgan loyihalarning pasportlari loyihalari ishlab chiqilgan, ularning texnik-iqtisodiy parametrlari tavsiflari tayyorlangan. Biroq AKTni rivojlantirish jamg‘armasiga qilingan tegishli murojaatga jamg‘armada ko‘rsatib o‘tilgan mablag‘lar mavjud emasligi haqida javob berilgan. Moliyalashtirish masalasini hal qilish va “Loyiha qaysi bir budjet manbalaridan moliyalashtiriladi?” degan savolga javob olish uchun Moliya vazirligiga qo‘shimcha murojaat qilindi. Ammo vazirlik natijasiz rasmiy javob bilan cheklandi va loyihani amalga oshirish jarayonining to‘xtab qolishiga sabab bo‘ldi.
Yig‘ilish davomida deputat tomonidan Davlat dasturining mazkur bandi ijrosi masalasini hal qilishda Vazirlar Mahkamasining rejasi haqida so‘ralganida bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov “Elektron parlament” masalasi haqiqatdan ham davlat boshqaruvi tizimini demokratlashtirish, deputatlarning xalq oldidagi hisobdorligini ta'minlashga qaratilgan muhim loyiha, deya javob qaytardi. Ta'kidlandiki, parlament axborot tizimi va axborot resurslarini shakllantirish maqsadida ayni paytda umumiy qiymati 37 milliard so‘m miqdoridagi ishlar bajarilgan. Loyihaning muhimligidan kelib chiqib, vakillik hokimiyati organlari AKT infratuzilmasini kelajakda rivojlantirishning barcha tashkiliy-moliyaviy masalalari hal etiladi.
Bosh vazir o‘rinbosari moliyaviy rejalashtirishni muvofiqlashtirish ishlarning samaradorligini oshirish, tegishli organlarning Davlat dasturi loyihalarini to‘liq va o‘z vaqtida moliyalashtirilishi majburiyatini belgilash haqidagi fikrni qo‘llab-quvvatladi.
Mavzuga oid
22:00 / 30.11.2024
Rubl va so‘m dollarga nisbatan qadrsizlandi, neft narxi yana arzonlashyapti – xalqaro moliya bozori sharhi
11:40 / 10.11.2024
Oltin va kumush arzonlashdi, Bitcoin narxi keskin oshdi - xalqaro moliya bozori sharhi
12:10 / 20.10.2024
Dollar mustahkamlandi, Bitcoin va oltin narxi keskin qimmatlashdi - xalqaro moliya bozori sharhi
20:06 / 18.10.2024