Jahon | 07:30 / 30.05.2019
8070
2 daqiqa o‘qiladi

Assanj sog‘lig‘i yomonlashgani sababli turma shifoxonasiga o‘tkazildi

Foto: Henry Nicholls / Reuters

WikiLeaks asoschisi Julian Assanj Britaniyadagi Belmarsh turmasining tibbiy bo‘limiga joylashtirildi. WikiLeaks uning sog‘lig‘i yuzasidan jiddiy xavotir bildirgan.

Ta'kidlanishicha, Assanjning salomatligi u Ekvador elchixonasida “insonning asosiy huquqlariga to‘g‘ri kelmaydigan” sharoitlarda 7 yil o‘tkazganidan keyin ancha yomonlashgan. Assanjning advokati Per Samuelsonning aytishicha, WikiLeaks asoschisining sog‘lig‘i o‘tgan juma kuni shunday ahvolda bo‘lganki, u bilan normal suhbat olib borishning iloji bo‘lmagan.

“Belmarshdagi 7 haftadan keyin uning sog‘lig‘i yomonlashishda davom etgan, u juda oriqlab ketgan. Turma rahbariyatining uni tibbiy bo‘limga joylashtirish qarori bundan darakdir”, deb qo‘shimcha qilingan WikiLeaks’da.

Assanjning ekstraditsiyasi bo‘yicha navbatdagi sud yig‘ilishi 30 may kuni Londonning Vestminster okrugi sudida bo‘lib o‘tadi. Jurnalistning ekstraditsiyasi bo‘yicha jarayon 2 may kuni boshlangan. Hozir britan sudi AQShdan uning ekstraditsiya qilinishiga ruxsat beruvchi hujjatlar taqdim qilinishini kutmoqda.

Mavzuga oid