Vertikal fermalar - shahar issiqxonalarining kelajagi
Yirik shahar manzaralari tobora baland binolar bilan to‘ldirilmoqda. Osmono‘par binolarni qurish urfi esa hatto konservativ Skandinaviyagacha yetib bordi. Masalan, Shvetsiyadagi Linchyoping shaharchasida g‘aroyib bino qurish rejalashtirilgan. Mazkur g‘aroyib inshoot vertikal issiqxona bo‘lib, shahar aholisini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlash maqsadida sarxil sabzavot va mevalarni yetkazish xarajatlarini kamaytirishga mo‘ljallangan. Travelask.ru ana shu bino haqidagi qiziqarli ma'lumotlarni taqdim etadi.
Bino noodatiy me'moriy yechim - ofis binolari va issiqxonalar gibridi. Yorug‘lik va issiqlik maksimum darajada bo‘lgan janubiy tomonda sabzavotlarni yetishtirish uchun xonalar, binoning soya qismida esa maydonning 2/3 qismini egallagan ofislar joylashadi. Loyiha The World Food Building nomini oldi, binoni qurish ishlari esa 2012 yilda boshlangan. Loyiha mualliflarining hisob-kitoblariga ko‘ra, ushbu vertikal issiqxona 500 tonnadan ortiq foydali sabzavotlarni yetishtirib, 5 ming nafarga yaqin shahar aholisini sarhil mahsulotlar bilan ta'minlay oladi.
O‘simliklar gidroponika usulida yetishtirilishi rejalashtirilgan. Issiqxonalarda zarur iqlim ko‘rsatkichlarini ta'minlash uchun kompyuter texnikasidan foydalaniladi, yetishtirishning ayrim bosqichlarida esa odamlar o‘rniga robotlashtirilgan tizimlar ishlaydi. Fermerlik shaharchasining o‘zi yangi emas, ana shunga o‘xshash konsepsiyalar butun dunyoda amalga oshirilmoqda. Ishlab chiqaruvchilarning oziq-ovqat mahsulotlarini iste'molchilarga yaqin joyga joylashtirishga bo‘lgan intilishi mantiqan to‘g‘ri. Axir yetkazish vaqtida saqlash muddati qisqaradi, tabiiyki, mahsulot sifati ham o‘zgaradi. Shuning uchun zamonaviy kompaniyalar ko‘kat va sabzavotlar ishlab chiqaruvchi issiqxona majmualarini megapolislarning o‘zida joylashtirishmoqda. Buning uchun tashlandiq ishlab chiqarish binolaridan foydalanishyapti. Shu bilan birga, aynan vertikal yetishtirish bilan shug‘ullanadigan kompaniyalar u qadar ko‘p emas. Ular asosan AQSh hududida faoliyat yuritadi.
Ana shu kabi loyihalar moliyalashtirish, yorug‘likni tanlash kabi sohalarda nostandart texnik yechimlarni izlash borasida bir qator qiyinchiliklarga duch keladi. Biroq shunga qaramay, kelajak - vertikal fermalar bilan. Chunki aynan shunday shakl megapolislar sharoitida yuqori qiymatga ega joyni tejash imkonini beradi.
Mavzuga oid
20:11 / 19.12.2024
Xalq iste’dodi, vaqti va imkoniyatlarini yo‘qotayotgan muammo
21:12 / 14.12.2024
Toshkent viloyatida 649 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan issiqxona aniqlandi
10:21 / 14.12.2024
Issiqxonalarga gaz yetkazib berishga vaqtinchalik cheklovlar kiritilmoqda
09:58 / 05.12.2024