Light | 23:36 / 07.06.2019
6732
4 daqiqa o‘qiladi

Kaydzen tamoyillari bo‘yicha tozalash ishlarini o‘tkazamiz

Foto: Layfxaker

Kaydzen – Toyota zavodlarida ishlab chiqarishni tashkillashtirish uchun minimal mablag‘ sarflab, ish jarayonlarini mukammal darajaga yetkazish uchun o‘ylab topilgan amaliyot.  Katta omborxonalar, ishning har bir bosqichida doimiy sifat nazorati va ko‘plab boshqa narsalarning mavjud emasligi xuddi shu tarzda qayd etilgan.

Uyda ishdagiga qaraganda vazifalarimiz kamroq, shunday ekan, nima uchun foydali maslahatlardan shaxsiy maqsadlarda foydalanmaslik kerak?

Kaydzen tamoyillariga ko‘ra o‘tkazilgan tozalash ishlari muayyan natijalar keltirishi lozim. Ko‘proq joy paydo bo‘lishi, kundalik ishlar oson bajarilishi, uyni tartibli va toza saqlash tabiiy odatga aylanishi kerak. Kaydzen doimiy ravishda mukammallikka intilishni anglatadi, shuning uchun ham bir marta katta tozalash ishlarini o‘tkazib, uyingiz yog‘ tushsa yalagudek bo‘lishiga umid qilmang. Kaydzen asta-sekin joriy etiladi va vaqt talab qiladi.

Tizimda 5 ta asosiy tamoyildan foydalaniladi:

Saralash

Bu buyumlarni kerakli va keraksiz narsalarga ajratishni nazarda tutadi.

Buning uchun xona o‘rtasida bo‘sh joy hozirlang, u yerda joy topilmagan narsalarni vaqtinchalik joylashtirasiz. Keraksiz narsalardan darhol xalos bo‘ling, ularni tashlab yuboring.

Tartibga rioya qilish yoki tizimlashtirish

Kerakli narsalarni shunday saqlash lozimki, ularni topish va qo‘llash tez va oson bo‘lsin.

Vazifangiz – har bir buyum uchun uni olish va qaytarib qo‘yish oson bo‘lgan maxsus  joy topish. Ana shunda tozalik avtomatik holga keladi.

Agar buyumlar birgalikda qo‘llanilsa, ularni birga saqlang.

Bir-biriga o‘xshash narsalarni bitta idishga taxlang. Har bir g‘aladonning o‘z vazifasini aniqlang. Texnika qutisiga hujjatlarni solmang. Javon va qutilarga nom berishni unutmang.

Sifatli mebel uchun mablag‘ sarflashdan cho‘chimang. Yaxshi mebel – muvaffaqiyatning yarmi demak.

Shoshilmang. Kaydzen – inqilobiy qayta tuzilish emas, doimiy o‘zgarishlardir.

Tozalikni saqlash

Uyni har kuni toza saqlashga yordam beradigan qadamlarni o‘ylab toping.

Masalan, agar xonangiz ko‘p bo‘lsa, ularning har birida chiqindi uchun savat qo‘ygan ma'qul.

Standartlashtirish

Tozalik va tartibga solish qoidalari barcha uchun majburiy bo‘lishi lozim. Muvaffaqiyatli yechimlar standartlashtirilishi va amaliyotda qo‘llanilishi kerak.

Rag‘bat tizimini standartlashtiring: agar kimdir ergonomik qaror taklif etsa, uni mukofot bilan taqdirlash muhim.

Mukammallashtirish

Har bir uy tozalovidan keyin uyni yaxshiroq qilishga intilish uchun tizim tamoyillari odatga aylanishi lozim. Budjet mablag‘larini rejalashtirishga mebel va ta'mirlashni ham kiriting. Buyumlarning joylashish chizmasini chizing va ularning joyini o‘zgartirishdan cho‘chimang. Natijalarni suratlar yordamida baholang.

Kaydzen tamoyillari Amerikani kashf etmaydi. Ular chuqur o‘ylash va tajribaga asoslangan va yagona tizimga solingan.

Agar ish stolingizni tartibga solishni istasangiz, tozalash ko‘p kuch va vaqt talab etsa, dastlab murakkablik sabablarini aniqlang. Kichikroq stol qo‘ying va qog‘ozlarni saqlash uchun maxsus javon tashkil eting. Ana o‘shanda ish stoli va o‘zingizni cheksiz ravishda takomillashtirishingiz mumkin. Bu aynan siz uchun amaldagi kaydzen falsafasi bo‘ladi.

Mavzuga oid