Jahon | 14:37 / 30.10.2024
1868
2 daqiqa o‘qiladi

Toyota avtomobillarini ishlab chiqarish hajmi ketma-ket sakkizinchi oy pasaydi, sotuvlar ham qisqardi

Sentyabrda kompaniyaning AQShdagi sotuvlari 20 foizga, Xitoydagilari esa 9 foizga kamaygan.

Foto: Toyota

Joriy yilning sentabr oyida Toyota kompaniyasining dunyo miqyosidagi ishlab chiqarishi ketma-ket sakkizinchi oy pasaydi, chunki kompaniyaning eng yirik ikki bozori — AQSh va Xitoyda sotuvlar hamda ishlab chiqarish hajmi kamaygan.

Yapon kompaniyasining ishlab chiqarish hajmi sentabr oyida o‘tgan yilning shu oyiga nisbatan 8 foizga kamayib, 826 556 ta avtomobilni tashkil etdi, bunda AQShda ishlab chiqarish 14 foizga, Xitoyda esa 19 foizga qisqargan.

Xususan, AQShdagi vaziyatga xavfsizlik yostiqlari muammosi tufayli Grand Highlander va Lexus TX yo‘ltanlamas avtomobillarini ishlab chiqarish va yetkazib berish to‘xtatilgani ta’sir ko‘rsatdi. Xitoyda esa kompaniya Xitoy brendlarining elektromobillar va ulanadigan gibrid avtomobillarga o‘tishi tufayli kuchli bosim ostida qolmoqda.

Toyota sentabr oyida jahon miqyosidagi sotuvlari 7 foizga pasayib, 853 149 ta avtomobilga tushganini ma’lum qilgan — AQShdagi sotuvlar 20 foizga, Xitoydagi sotuvlar 9 foizga, ichki bozordagi sotuvlar esa 6 foizga kamaygan.

Yilning dastlabki to‘qqiz oyida Toyota 7,4 million avtomobil sotdi, bu o‘tgan yilga nisbatan 2 foizga kam.

Mavzuga oid