Jahon | 16:40 / 09.06.2019
68936
2 daqiqa o‘qiladi

Insoniyatni halok etuvchi eng asosiy tahdidlar ro‘yxati tuzildi

Foto: CC0 /National Nuclear Security Administration

Britaniyaning Blueclaw marketing agentligi Yer yuzidagi hayotga nisbatan eng asosiy tahdidlar ro‘yxatini tuzdi. Ro‘yxat How Will The World End resursida e'lon qilindi.

Mazkur ro‘yxat 50ta turli manba, jumladan, BMT statistikasi, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti, NASA kabi tashkilotlar ma'lumotlari asosida tuzildi. Mualliflar to‘rtta asosiy tahdid  – epidemiyalar, yadro urushi, tabiiy ofatlar va Yerga asteroid qulashini ajratib olishdi.

Agentlik halokat keltiruvchi kasalliklar sifatida sil, mavsumiy gripp, vabo, Ebola virusi, meningit, Lassa isitmasi, o‘lat, Marburg virusini ajratib ko‘rsatishgan. Ular orasida eng xavflisi deb sil kasalligi e'tirof etildi. 

Yadroviy urush ehtimoli ham keyingi vaqtda eng yuqori darajadagi tahdidlardan biri deb topildi. Ochiq ma'lumotlarga ko‘ra, AQSh eng ko‘p – 1030 marta, Rossiya esa 715 marta yadroviy qurol sinovini o‘tkazgan. Agentlikning hisob-kitobiga ko‘ra, insoniyatni butunlay yo‘q qilib yuborish uchun AQSh 5351 marta, Rossiya esa 4206 marta yadroviy portlashni amalga oshirishi lozim bo‘ladi.

Yerga asteroid qulashi ehtimoli juda kam, ammo NASA sayyoramizga yaqin yuz yil ichida yaqin keladigan asteroidlarni kuzatib kelmoqda. Ana shunday asteroidlardan biri diametri 3,9 kilometr bo‘lgan Florence asteroididir. Uning zarbasi 1,2 milliard kishining o‘limiga sabab bo‘lishi mumkin.

Asosiy iqlimiy tahdid sifatida global isish ko‘rilmoqda. Ma'lumotlarga ko‘ra, 2025 yilga kelib sayyoradagi havo yana ikki darajaga ortadi. 

Mavzuga oid