Sport | 09:40 / 09.06.2019
9906
1 daqiqa o‘qiladi

Neymar jarohat tufayli qancha vaqt safdan chiqqani ma'lum bo‘ldi

«PSJ» bosh shifokori Loran Omon va professor Jyerar Sayllant klub forvardi Neymarning jarohatiga baho berishdi.

Mutaxassislar 27 yoshli braziliyalikka boldir suyagi bo‘g‘imi to‘qimalari uzilishi tashxisini qo‘yishgan.

Bu holatda jarrohlik amaliyoti talab qilinmaydi. Neymar 4 haftadan keyin safga qaytishi mumkin bo‘ladi.

Braziliyalik futbolchi Qatarga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi vaqtida jarohat olgandi (2:0).

Neymar zaxira o‘rindig‘ida o‘tirib yig‘lab yuborgandi. Jarohati tufayli u Kopa Amerika musobaqasida ishtirok eta olmaydi.

Qayd etish kerakki, dastlabki xabarlarda ushbu futbolchi 4 oy vaqt davomida futbol o‘ynay olmasligi mumkinligi aytilgandi.

Mavzuga oid