Jahon | 21:45 / 15.06.2019
13076
1 daqiqa o‘qiladi

Zelenskiy Donbassga investitsiyalar kiritilishini e'lon qildi

Foto: Interfaks

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy yaqin vaqt ichida Donbass infrastrukturasiga investitsiyalar kiritilishini ma'lum qildi

«Bu haqda barcha xorijiy investorlar bilan gaplashaman», — dedi Ukraina prezidenti Mariupolda bo‘lib o‘tgan biznes va yoshlar vakillari bilan uchrashuvda.

Zelenskiy hozirda mamlakatda kichik va o‘rta biznesni rivojlantirishga xizmat qiladigan «islohotchi» qonun loyihalari ustida ish olib borilayotganini qayd etdi.

May oyida Berlindagi iqtisodiy tadqiqotlar instituti iqtisodchilari Donbassning urush harakatlari bo‘lib o‘tgan davrdagi iqtisodiy yo‘qotishlarini hisoblab chiqishdi. Ekspertlarning hisob-kitoblariga ko‘ra, 2013-2016 yillarda Donetsk oblastida yalpi hududiy mahsulot kishi boshiga hisoblaganda 43 foizga, Lugansk oblastida esa 52 foizga qisqargan.

Mavzuga oid