Hindistonda suv ostida kishandan xalos bo‘lishini ko‘rsatmoqchi bo‘lgan illyuzionchi bedarak yo‘qoldi
Hindistonda “sehrgar Mandreyk” laqabi bilan tanilgan illyuzionchi Chanchal Laxiri Gang daryosida murakkab tryukni bajarish chog‘ida bedarak yo‘qoldi, deb xabar berdi PTI agentligi.
Voqea Kalkutta shahrida sodir bo‘lgan. Agentlikning ma'lum qilishicha, u suv ostidagi quti ichida qo‘llaridagi kishanni yechib chiqishi kerak bo‘lgan, ammo fokuschi suv yuzasiga qaytib chiqmagan. Guvohlarning aytishlaricha, "sehrgar" zanjirband va arqonlar bilan bog‘langan bo‘lgan.
Hozirda politsiya va qutqaruvchilar Chanchal Laxirini qidirib topish operatsiyasini o‘tkazmoqda.
"Uni qidirib topish uchun qilgan urinishlarimiz foyda bermayapti, aftidan, oqim illyuzionchini oqizib ketgan. G‘avvoslarimiz daryoning tubigacha yetib borishdi, ammo natija bo‘lmadi", - dedi politsiya vakili.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Laxiri ko‘rsatmoqchi bo‘lgan tomosha "o‘ta murakkab va xatarli" bo‘lgan, ammo uni bajarishda xavfsizlik choralari ko‘rilmagan.
Mavzuga oid
18:07 / 24.12.2024
Hindiston 2040 yilda Oyga o‘z kosmonavtini uchiradi
23:25 / 23.12.2024
Bangladesh Hindistondan sobiq bosh vazir Shayx Hasinani ekstraditsiya qilishga yordam berishni so‘ramoqda
11:42 / 18.12.2024
O‘zbekiston va Hindiston zargarlik buyumlari ishlab chiqarish imkonini o‘rganmoqda
20:02 / 17.12.2024