O‘zbekiston | 17:10 / 26.06.2019
5073
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonning Rostov Don shahridagi bosh konsuli tayinlandi 

Rostov-na-Donu

Rustam Kurganbayev O‘zbekiston Respublikasining Rostov-na-Donu shahridagi (Rossiya Federatsiyasi) bosh konsuli etib tayinlandi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Kurganbayev bunga qadar TIVning Konsullik-huquqiy departamenti direktori o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.

Rostov-na-Donu shahridagi bosh konsulxona konsullik okrugiga Rossiyaning Shimoliy Kavkaz federal okrugi (Dog‘iston Respublikasi, Ingushiya Respublikasi, Kabarda-Balkariya Respublikasi, Qorachoy Cherkasiya Respublikasi, Stavropol o‘lkasi, Checheniston Respublikasi, Shimoliy Osetiya Respublikasi) va Janubiy federal okrugi (Adigeya Respublikasi, Astraxan viloyati, Qalmoq Respublikasi, Krasnodar o‘lkasi, Volgograd viloyati, Rostov viloyati) kiradi. 

Bosh konsulxona bilan +7-863-285-50-57 telefon raqami orqali bog‘lanish mumkin.

 

Mavzuga oid