Jahon | 22:11 / 01.07.2019
7499
1 daqiqa o‘qiladi

Ukraina bosh prokuraturasi «LXR» rahbariga qarshi ayblovlarni ilgari surdi

Foto: Aleksandr Reka/TASS

“LXR” rahbari Leonid Pasechnikka nisbatan konstitutsion tuzumga tajovuz qilish va hokimiyatni egallash ayblovlari ilgari surildi. Bu haqda Ukraina bosh prokuraturasi matbuot xizmati xabar qildi.

Bosh prokuraturaning ma'lum qilishicha, ilgari ham sudga Pasechnikka nisbatan ushbu moddalar bo‘yicha sirtdan ayblov akti topshirilgan. Ammo o‘shanda u “LXR” davlat xavfsizligi vaziri sifatida tilga olingan. 

Pasechnik 1993 yildan boshlab Ukraina xavfsizlik xizmatining Lugansk viloyati boshqarmasida ishlagan. 2014 yildan esa “LXR” ayirmachilari safida bo‘lgan. 2014 yil oktyabrda “LXR” davlat xavfsizligi vaziri etib tayinlangan. 2018 yil noyabrda “LXR” rahbarligi saylovida g‘alaba qozongan.

Mavzuga oid