Jamiyat | 17:00 / 03.07.2019
6111
3 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Ekologik mas'uliyat LUKOYL uchun ustuvor omildir

LUKOYL xodimlarning va jamiyatning xavfsizligini va sog‘lig‘ini ta'minlash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ijobiy ekologik vaziyatni saqlash yo‘lida javobgarlik darajasini tushungan holda o‘z ishida sanoat xavfsizligi, mehnat va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi eng yuqori standartlarga asoslanadi.

LUKOYL kompaniyasi O‘zbekiston Respublikasi hududida amalga oshirayotgan barcha faoliyat yo‘nalishlarida ijobiy ekologik vaziyatni saqlash va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga alohida e'tibor qaratadi.

Kompaniya suvni tejaydigan texnologiyalarni qo‘llash, atrof-muhitni doimiy monitoring qilish va barcha shartnoma hududlarida davom etayotgan amaliyotlarni nazorat qilish, biologik xilma-xillikni saqlash bo‘yicha harakatlar rejalarini ishlab chiqish va amalga oshirish kabi atrof-muhitni muhofaza qilish kabi muhim tadbirlarni muvaffaqiyatli amalga oshirmoqda. Kompaniyaning rejalashtirilgan barcha faoliyat turlari majburiy davlat ekologik ekspertizasiga tortiladi.

Ta'kidlash joizki, Kompaniyaning O‘zbekistondagi faoliyati yillarida ekologik oqibatlarga olib keladigan hech qanday voqea sodir bo‘lmadi.

Atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida majburiy qonunchilik talablari va standartlariga rioya qilishdan tashqari, Kompaniya xodimlarining ishtirokida atrof-muhit tashabbuslarini faol ravishda amalga oshiradi.

Yaqinda LUKOYL Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanidagi Nanay tog‘ qishlog‘i atrofini tozalash bo‘yicha ekologik aksiyasini o‘tkazdi. Tog‘ tepaliklarida va tog‘ daryosi bo‘yidagi sharsharalar va o‘simliklar butalarining pok go‘zalligini saqlab qolish maqsadida kompaniyaning xodimlari ushbu yerni axlatdan tozalashda faol ishtirok etdilar.

LUKOYL turli xil eko-aksiyalarni birinchi bor olib bormayapti. Xuddi shunday tadbir o‘tgan yili ajoyib Nefrit ko‘llari yaqinida o‘tkazildi. Aksiya natijasida ko‘llar atrofi o‘nlab axlat va chiqindi qoplaridan tozalangan.

Har yili Toshkent bog‘lari va alleyalari hamda Botanika bog‘ida o‘tkaziladigan «Yashil sayyora» ko‘kalamzorlashtirish tadbiri an'anaviy bo‘lib qolgan. LUKOYLning ekologik tashabbusi tufayli poytaxtimizda yuzlab daraxtlar ekildi: bir necha yildan so‘ng shaharga tuhfa etilgan sarv, archa, pixta, eman va boshqa daraxtlar issiq yoz kunlarida odamlarning joniga soyalari bilan oro kiradi.

Shunisi e'tiborga loyiqki, bolalar ham LUKOYLning ekologik aksiyalariga qo‘shilishadi. Bu yosh avlodda quvonch hissini beradigan tabiatga bo‘lgan mehr-muhabbat, mehnatsevarlik, xalq an'analarini hurmat qilish kabi xususiyatlarni tarbiyalashning yaxshi namunasidir.

LUKOYLning ekologik tashabbuslari inson va tabiat o‘rtasidagi munosabatlarning uyg‘un rivojlanishiga qaratilgan. Atrof muhitni saqlab qolish va yaxshilashga hissa qo‘shish orqali atrof muhit muhofazasi tadbirlari LUKOYLning ekologik mas'uliyati va atrof-muhitga g‘amxo‘rligidan darak beradi.

PR bo‘limi,
LUKOYL

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid