O‘zbekiston | 21:23 / 11.07.2019
21041
1 daqiqa o‘qiladi

«O‘zbekiston pochtasi»ga yangi rahbar tayinlandi

Foto: UZ24

Alisher Nasibullayevich Fayzullayev “O‘zbekiston pochtasi” AJ bosh direktori lavozimini bajaruvchi etib tayinlandi. U Yevgeniy Birger o‘rnini egallaydi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar qildi.

“O‘zbekiston pochtasi” 2018 yilda 27,8 mlrd so‘mlik zarar ko‘rgan, vaholanki 2017 yilni 274,3 mln so‘mlik sof foyda bilan yakunlagan.

Rossiya aloqa vazirligining sobiq mansabdor shaxsi bo‘lgan Birger kompaniyani 2018 yil 23 maydan boshqarib kelgan. 

Alisher Fayzullayev 2016 yil noyabridan 2019 yil fevraligacha Intellektual mulk agentligi bosh direktori lavozimini egallagan. U bungacha 2015-2016 yillar davomida O‘zbekiston Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

Mavzuga oid