Parvoz vaqtida hushini yo‘qotgan uchuvchini 19 yoshli qiz qutqarib qoldi
Tivatdan Moskvaga uchayotgan samolyot uchuvchisi hushini yo‘qotganda uni 19 yoshli yo‘lovchi qiz qutqarib qoldi. Bu haqda hodisa guvohi Tatyana Smirnova gapirib berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, samolyotdagi dori qutida validol kabi oddiy dorilar bo‘lmagan, biroq qiz uchuvchiga birinchi yordam ko‘rsata olgan. Shuningdek, Smirnova samolyot favqulodda qo‘nayotgan vaqtda hamma asabiy holatga tushganini ta'kidladi.
10 iyul kuni ertalab Montenegro Airlines aviakompaniyasining Fokker 100 yo‘lovchi samolyoti ekipaj komandiri hushini yo‘qotgani sababli Kalugaga favqulodda qo‘ngan. Ikkinchi uchuvchi boshqaruvni o‘z qo‘liga olib, yerdagi xizmat bilan bog‘langan va samolyotni Grabsevo aeroportiga qo‘ndirgan.
TASS axborot agentligining xabar berishicha, uchuvchi birlamchi ko‘rikdan o‘tkazilganda yurak xurujiga uchragani gumon qilingan. Uchuvchi Kalugadagi shifoxonaga yetkazilgan.
Mavzuga oid
10:44 / 17.12.2024
Toshkent metrosi ilk marta bir kunda 1 mln yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatdi
14:10 / 23.10.2024
Aviakompaniyalardan yo‘lovchilarning 200 mln so‘mga yaqin puli undirib berildi
12:10 / 10.10.2024
O‘zbekiston aeroportlarida yo‘lovchi tashish hajmi 33 foizga oshdi
23:06 / 09.10.2024