O‘zbekiston | 22:53 / 11.07.2019
9253
2 daqiqa o‘qiladi

«Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida»gi Qonun loyihasi ishlab chiqildi

Foto: Xotin-qizlar qo‘mitasi

Prezidentning 2019 yil 7 martda qabul qilingan 4235-sonli qaroriga asosan Xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan Adliya vazirligi va Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz bilan birga “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun loyihasi ishlab chiqildi va Vazirlar Mahkamasiga kiritildi. Bu haqida Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan tashkil etilgan brifingda qo‘mita raisi Elmira Bositxonova xabar qildi.

Foto: Xotin-qizlar qo‘mitasi

Bositxonovaning ta'kidlashicha, loyiha xotin-qizlarga nisbatan qo‘llanilayotgan turli zo‘ravonliklardan himoya qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi. Unda zo‘ravonlik turlariga tasnif berilgan. Jumladan, “jinsiy zo‘ravonlik”, “jismoniy zo‘ravonlik”, “iqtisodiy zo‘ravonlik”, “ruhiy zo‘ravonlik”, “tazyiq” tushunchalariga izoh berilgan. Qonun loyihasini ishlab chiqishda asosan Germaniya, Angliya, Fransiya, Ispaniya, Armaniston, Qirg‘iziston tajribasidan foydalanildi. Shuningdek, “Ayollar huquqlari kamsitilishining barcha shakllariga barham berish to‘g‘risida”gi Konvensiya va “Bir xil qiymatga ega bo‘lgan mehnat uchun erkaklar va xotin-qizlarni teng rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi Konvensiya o‘rganildi.  

Mavzuga oid