Bahodir Sidiqov: «O‘zbekneftgaz» «Lukoyl» bilan qarzlar bo‘yicha kelishib oldi
«O‘zbekneftgaz» kompaniyasi «Lukoyl» bilan 600 mln dollarlik qarzni qaytarish jarayoni to‘g‘risida kelishib oldi. Ushbu qarz Rossiya kompaniyasi tomonidan O‘zbekistonda eksport uchun qazib olingan gazni xarid qilish natijasida shakllangan. Bu haqda «O‘zbekneftgaz» rahbari Bahodir Sidiqov ma'lum qildi, deya xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
«Biz «Lukoyl» bo‘yicha kelishib oldik. Bugungi kunda qarzni qanday va qachon to‘lash kerakligi bo‘yicha hech qanday muammoli masalalar yo‘q. Endi bizning asosiy vazifa - bu vaziyat qayta sodir bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik. Agar biz aholini o‘z gazimiz bilan ta'minlasak, bunday holat takrorlanmaydi», - deydi Sidiqov.
Bundan oldin, O‘zbekiston 2001 yilda qabul qilingan «Mahsulot taqsimotiga oid bitimlar to‘g‘risida»gi qonunni qayta ko‘rib chiqishi xabar berilgandi.
«Mahsulot taqsimotiga oid bitimlar to‘g‘risidagi qonun 15 yil oldin qabul qilingan. Tabiiyki, unda aks ettirilgan barcha masalalar ham bizning talablarga javob bermaydi. Qonun investitsiyalarni jalb qilish imkoniyati sifatida dastlabki hujjat tariqasida qabul qilingan», - dedi Bahodir Sidiqov jurnalistlarga.
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Senatdagi chiqishi vaqtida «Lukoyl» kompaniyasidan 600 mln dollar miqdoridagi qarzdorlik haqida gapirgandi. Prezident mas'ullar mahsulotni bo‘lib olish to‘g‘risidagi bitim imzolash oldidan milliy manfaatlarni hisobga olishi kerakligi, lekin bu holatda milliy manfaatlar hisobga olinmaganini aytgan.
Mavzuga oid
22:19 / 19.12.2024
Shavkat Mirziyoyev gaz qazib olishni oshirish yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi
18:04 / 14.09.2024
Yirik energetika korxonalarining soliq to‘lovlari keskin qisqarishda davom etmoqda
21:27 / 05.09.2024
GTL zavodining davlatga soliq tushumi 2 barobarga kamaygani ma’lum bo‘ldi
20:27 / 29.08.2024