O‘zbekiston | 10:50 / 14.07.2019
65885
2 daqiqa o‘qiladi

Umidjon Salimov yangi ishga o‘tdi

Iqtisodiyot va sanoat vaziri o‘rinbosari Umidjon Salimov «O‘zagrotexsanoatxolding» AJ boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan. Bu haqda Kun.uz’ga xolding matbuot xizmati xabar berdi.

U bu lavozimda 2018 yildan buyon ishlab kelayotgan Olimjon Xudaynazarovich Saparov o‘rnida ish boshlagan.

Umidjon Salimov 2011-2013 yillarda «O‘zavtosanoat» AJ boshqaruv raisi o‘rinbosari bo‘lgan, 2013-2017 yillarda Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirining birinchi o‘rinbosari bo‘lib ishlagan, 2017 yil aprelida «O‘zavtosanoat» AJga qaytgan va boshqaruv raisining texnika siyosati va mahalliylashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari sifatida ish boshlagan, o‘sha yilning avgustida «O‘zavtosanoat» AJ raisiga aylangan, ammo 2018 yilning iyunida lavozimdan olinib, ko‘p vaqt o‘tmasdan «O‘zavtosanoat» AJ boshqaruv raisining rivojlantirish va marketing bo‘yicha o‘rinbosari sifatida kompaniyaga qaytgandi

U 2019 yil yanvarida Iqtisodiyot vazirligi o‘rnida qayta tashkil etilgan Iqtisodiyot va sanoat vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlangandi.

Bundan avvalroq Nodir Sobirovich Otajonov O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri maslahatchisi - «O‘zagrotexsanoatxolding» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi etib tayinlangani xabar qilingandi.

Mavzuga oid