O‘zbekiston | 13:11 / 18.07.2019
10091
2 daqiqa o‘qiladi

6 oy ichida poytaxtdagi 67 ta korxona bankrot deb e'lon qilingan

2019 yilning 1 yanvardan 30 iyun holatiga tashkilot va fuqarolarning bankrotligiga oid 111 ta ish ko‘rib chiqilgan. Bu haqida Toshkent shahar iqtisodiy sudi raisi Lutfulla Abdullayev Kun.uz muxbiriga xabar berdi.

Qayd etilishicha, shu ishlar doirasida 67 ta korxona bankrot deb e'lon qilingan. Toshkent shahar va Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudiga ushbu muddat ichida 17 603 ta da'vo ariza topshirilgan. Da'vo arizalar natijasida 7 milliard 415 million so‘m ixtiyoriy, sud qarori asosida 40 milliard 623 million so‘m davlat boji masalasida sud hujjatlari chiqarilgan. 

Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudida joriy yilning 1 yanvardan 30 iyun kuniga qadar 11 784 ta ko‘rilgan ish bo‘lsa, bu har bir sudyaga 140 tadan to‘g‘ri kelishi ma'lum qilingan. 2 946 ta ish sayyor sudlar doirasida ko‘rib chiqilgan. 

Toshkent shahar va Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudlari tomonidan joriy yilning 1 yanvardan 30 iyunga qadar jami 54 ta huquqiy ta'sir choralari ya'ni, 1 ma'muriy, 3 ta moddiy, 41 ta intizomiy javobgarlikka tortish to‘g‘risida hamda 9 ta boshqa xususiy ajrim va taqdimnomalar qo‘llanilgan.

Mavzuga oid