Sport | 12:46 / 20.07.2019
13350
1 daqiqa o‘qiladi

«Buxoro» Tojikiston milliy jamoasi sardorini o‘z safiga qo‘shib oldi

«Buxoro» transfer oynasida harakatni boshlab yubordi. Tojikistonik Muhsin Muhammadiyev murabbiyligidagi buxoroliklar bir qator futbolchilar bilan shartnoma imzolashdi.

Xususan Tojikiston milliy jamoasi sardori Fathullo Fathulloyev endilikda faoliyatini «Buxoro»da davom ettiradi. Tojikistonning eng mashhur futbolchilaridan bo‘lgan 28 yoshli Fathulloyev 2008 yildan buyon Dushanbening «Istiqlol» jamoasida o‘ynab kelar va poytaxt klubida jamoa sardori edi.

2017 yilda Tojikistonning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan Fathullo Fathulloyev «Istiqlol» bilan ikki marta OFK kubogi finaliga chiqqan. Futbolchi «Istiqlol» va Tojikiston milliy jamoasida «Buxoro»ning bugungi murabbiyi Muhsin Muhammadiyev bilan birga ishlagan.

Mavzuga oid