Jamiyat | 14:55 / 27.07.2019
17170
2 daqiqa o‘qiladi

DSENM gepatit kasalligi haqida eslatma bilan chiqdi

Foto: Shutterstock

Har yili 28 iyul kuni JSST tomonidan Butunjahon gepatitga qarshi kurashish kuni nishonlanadi va har yili barcha tadbirlar maqsadli shiorlar ostida o‘tkaziladi.    

Respublika DSENM matbuot xizmati xabariga ko‘ra, JSST 2019 yilda 2ta shior bilan chiqdi:

1. Siyosatchilar uchun

Gepatitning oldini olish uchun mablag‘larni investitsiyalashtiring

- Gepatitga qarshi kurashni qo‘llab quvvatlash uchun milliy va mintaqaviy darajadagi siyosatchilarni siyosiy va moliyaviy holatlarni kuchaytirishga chaqirish;

- 2030 yilgacha barqaror taraqqiyot Maqsadlari (BTM) va Sog‘liqni Saqlash Xizmatlarining Umumiy Qamrovi (SSXUQ)ga JSST tomonidan tayyorlangan gepatitni bartaraf etish uchun kerakli xarajatlarni yangicha baholanishiga e'tiborni jalb etish;

- Gepatitni oldini olish, tekshirtirish va davolash xizmatlaridan kengroq foydalanishni aholiga targ‘ib etish;

2. Keng jamoatchilik uchun:

Bilish. Oldini olish. Tekshirtirish. Davolash. Bartaraf etish.

Barcha tadbirlar ana shu shiorlar ostida o‘tkaziladi.

Darhaqiqat, virusli gepatitlar sog‘liqni saqlashdagi jiddiy muammolardan sanaladi. Chunki dunyo bo‘yicha 325 million kishi gepatit bilan kasallangan bo‘lib, ulardan 80% tekshirtirish va davolanish imkoniyatiga ega emas. 

Gepatit virus keltirib chiqaradigan kasallik bo‘lib, nafaqat jigarni zararlaydi, balki butun organizmga zarba beradi. Virusli infeksiyalar juda tez tarqaladi va epidemiologik holatni yuzaga keltirishi mumkin.

Kasallikka qarshi samarali profilaktika choralari gigiyena qoidalariga rioya etish va emlash hisoblanadi.

Har yili 28 iyul kuni JSST tomonidan turli tadbirlarni o‘tkazishdan asosiy maqsad gepatit kasalligi, uning turlari, yuqish yo‘llari, gigiyenaga rioya etish muhim ekanligi va kasallikni oldini olishda eng samarali vosita emlash ekanligini keng ommaga targ‘ib qilishdir.

2019 yil tadbirlar o‘tkazish uchun plakatlar:

 

Mavzuga oid