Foto: Sariosiyo markazidagi yo‘l chetida xo‘jako‘rsinga ekilgan archa nihollari qurib qoldi
Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumani markazidan o‘tgan asosiy ko‘cha yoqasida o‘tqazilgan archa ko‘chatlari qurib ketdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev shu yil 30 aprelda Surxondaryo viloyatiga safar qilgan va o‘z tashrifini Sariosiyo tumanidan boshlagan edi.
Mahalliy aholi vakillarining Kun.uz muxbiriga ma'lum qilishlaricha, archalar ushbu tashrifga tayyorgarlik doirasida hashar yo‘li bilan o‘tqazilgan.
Ushbu fotosuratlar Sariosiyo tumani markazidagi «Afrosiyob» mahallasidan o‘tgan asosiy ko‘chada olingan. Katta pul sarflab xarid qilingan minglab archa nihollari bilan bir qatorda ekilgan gullar allaqachon qovjirab, yo‘q bo‘lib ketgan.
Har kuni shu ko‘chadan tuman rahbarlari va obodonchilik uchun mas'ul boshqa mansabdorlar o‘tadi, lekin ular mazkur holatga beparvo bo‘lishmoqda.
O‘z muxbirimiz.
Mavzuga oid
10:40 / 13.12.2024
Sariosiyoda ko‘chada yo‘lbars yurgani rad qilindi
07:41 / 07.05.2024
Surxondaryoda odam o‘limi bilan yakun topgan YTH sodir bo‘ldi
20:54 / 06.01.2024
Toshkent-Sariosiyo yo‘nalishida ilk sinov parvozi amalga oshirildi
21:28 / 04.08.2023