Jamiyat | 12:00 / 10.08.2019
7600
6 daqiqa o‘qiladi

Elektr energiyasi uchun 6,5 milliard so‘mdan ziyod pul mablag‘lari undirildi

Foto: Shutterstock

Respublika bo‘yicha 8 950 ta iste'molchilarga texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar amalga oshirilib, 20 245 928 kVt.s. elektr energiyasi uchun ulardan  6 582 662 613.74 so‘m miqdorida pul mablag‘lari undirildi.

Elektr energiyasi iste'molchilari tomonidan quvvat koeffitsiyentining normativ qiymati ta'minlanmasligi oqibatida elektr energiyasini ishlab chiqish va iste'molchilarni tarmog‘iga uzatishgacha bo‘lgan energetika obektlari tarmoqlaridagi elektr energiyani uzatishdagi yo‘qolishlar me'yoridan ortib ketmoqda. Bu borada “O‘zenergoinspeksiya” avvalambor, hududlardagi iste'molchilar ishtirokida o‘quv seminarlar tashkil etib, iste'molchilarni energetika sohasidagi bilimlarini oshirish, ularga o‘z huquq va majburiyatlarini yana bir bor eslatish, elektr energiyasini iqtisod qilish usullari, energetika sohasidagi xavfsizlik texnikasi va reaktiv quvvatni kompensatsiya qilinmasligi oqibatida energetika tizimiga katta zarar yetkazilishi bo‘yicha tushuntirishlar olib bormoqda.

Bundan tashqari iste'molchilar tomonidan reaktiv quvvat kompensatsiya qilinmasligi oqibatida elektr tarmoqlarida qo‘shimcha reaktiv yuklamalarni oqib o‘tishi va buning oqibatida elektr energiyasini iste'molchilarga yetkazib bergunga qadar bo‘lgan tarmoqlarda kuchlanishlar me'yoridan pasayishiga olib kelmoqda. Bu o‘z-o‘zidan elektr tarmoqlarini ishonchliligi yo‘qolishi, tarmoqlardagi avariya holatlarini ortib ketishi, elektr tarmoqlarini o‘tkazish qobiliyatini tushib ketishiga olib keladi.

Bunday oqibatlarning oldini olish maqsadida inspeksiya tomonidan shu yilning so‘nggi uch oyi davomida respublika bo‘yicha 7 470 ta iste'molchilar bilan ishlar tashkil etilib, ularning 1 821 tasi tomonidan reaktiv quvvatni kompensatsiya qilish tadbirlari amalga oshirilgan. Buning natijasida elektr energiyasini uzatishdagi texnologik yo‘qolishlarni 1 970 134 kVt.s.ga kamaytirishga erishildi.

Shu bilan birga reaktiv quvvatni kompensatsiya ishlarini yetarli darajada tashkil etmagan 223 ta iste'molchilar bilan olib borilgan tadbirlar natijasida 527 785 kVt.s. elektr energiyasini tejashga erishildi.

Qiyoslash uchun, ushbu elektr energiyasi Toshkent shahrining bir soatlik elektr energiyasi miqdorini tashkil etadi yoki bu miqdor bilan oddiy bir maktabgacha ta'lim muassasasini o‘rtacha yarim yil ta'minlash mumkin bo‘ladi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 12 yanvardagi 22-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Elektr energiyasidan foydalanish qoidalari” talablarini bajarish maqsadida iste'molchilar tomonidan hisob-kitob davrida elektr ta'minoti shartnomasida ko‘rsatilganiga nisbatan quvvat koeffitsiyentining amaldagi qiymatini pasaytirishga yo‘l qo‘yilganligi to‘g‘risida “O‘zenergoinspeksiya”ning tasdiqlovidan so‘ng “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan reaktiv energiya o‘rni yetarlicha qoplanmagani hisobiga elektr energiyasi yo‘qolishi qiymatining texnik-iqtisodiy hisob-kitoblarini amalga oshirilib va iste'molchilardan mablag‘lar undirib kelinmoqda.

Birgina shu yilning may oyida respublika bo‘yicha 8 950 ta iste'molchilarga texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar amalga oshirilib, 20 245 928 kVt.s. elektr energiyasi uchun 6 582 662 613.74 so‘m miqdorida pul mablag‘lari undirildi. (Masalan,"RootsBusiness" MChJ - 72 325 845 so‘m, "O‘zkabel" OAJ QK- 13 570 007 so‘m, "Anglesey Food" IChJ ShQK - 20 620 307 so‘m, "Poytaxt Non" MChJ -5 044 771 so‘m, “Zavod maxsus polimer” MChJ ShQK- 5 022 925 so‘m, DP LMZ - 24 473 809 so‘m.)

Inspeksiya o‘z vakolati doirasida Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi bilan birgalikda iste'molchilar tomonidan elektr energiyadan foydalanishlar bo‘yicha o‘tkazgan o‘rganishlari natijasida, shu kunga qadar 377 ta qoidabuzarliklar aniqlangan.Buning natijasida yetkazilgan zararlar bo‘yicha 11 576 596 958 so‘mga qayta hisob-kitoblar amalga oshirilgan. Jumladan, Toshkent viloyatidagi iste'molchi "Xos g‘isht zavodi" MChJga 538 310 858.00 so‘m, Surxondaryo viloyatidagi "Do‘stlik Mega Biznes" MChJga 117 336.00 so‘m, Buxoro viloyatidagi "Texstroy garant Buxara" MChJga 166 415.28 so‘m, Qashqadaryo viloyatidagi “Big Agro Legums” MChJga 109 607 340.00 so‘m, Namangan viloyatidagi fuqaro N.Usmonovga qarashli fermaga 143 782 097.00 so‘m, Andijon viloyatidagi “And PGS” XKga 150 308 787.00 so‘m, Navoiy viloyatidagi "Ne'mat Isanmurod" FXga 24 126 444.00 so‘m, Sirdaryo viloyatidagi Guliston shahar tibbiyot birlashmasiga 109 274 920.00 so‘m qayta hisob-kitoblar amalga oshirildi.

Shu yilning iyul oyida Toshkent viloyatining Zangiota va Chirchiq tumanlarida o‘rganish o‘tkazilganda “Sardor Kapital Lyuks” MChJ, yakka tartibdagi tadbirkor Usmanov Abdumalik Abdumutalovich, 3 va 6-sonli Davlat notarial idorasi elektr tarmog‘iga ruxsatsiz ulangani aniqlanib, bu iste'molchilar elektr tarmog‘idan uzildi va qonuniy choralar ko‘rish uchun huquqni muhofaza qilish organlariga hujjatlari topshirildi.

Mavzuga oid