Jahon | 15:24 / 15.08.2019
28652
2 daqiqa o‘qiladi

Semizligidan Buyuk Xitoy devori zinasidan ko‘tarila olmagan britaniyalik 95 kilo vazn tashlab yil kishisiga aylandi

Angliyaning Xilsboro shahrida yashovchi Ben Maskroft Xitoyga sayohatga bordi. Bu oson bo‘lmadi: samolyotda uning xavfsizlik kamarini uzaytirishga to‘g‘ri keldi, yig‘ma stol esa keraksiz matohga aylandi. Gap shundaki, o‘sha 2012 yilda Benning vazni 176 kg edi.  

Foto Facebook / Ben Muscroft

"Xitoyga yetib borganimizda gavdam tufayli ko‘plab tadbirlarni o‘tkazib yuborishimga to‘g‘ri keldi. Atrofdagilarning barchasi men haqimda gapirardi, chunki mahalliy aholi hali menchalik ulkan odamni ko‘rmagan ekan", deydi u.

Benga ayniqsa, Buyuk Xitoy devori zinasidan ko‘tarila olmagani qattiq ta'sir qildi. U uyga qaytgach, o‘zgarishga qaror qildi. Ortiqcha vazndan qutulish uchun ozishni istaydiganlar guruhiga qo‘shildi.  

Mashg‘ulotlar tufayli Ben 95 kilo vazn yo‘qotdi. Bu natijasi uchun unga yil kishisi maqomi berildi. Shu bilan birga, uning hayotida sevikli yor paydo bo‘ldi. U Karen Parker bilan turmush qurdi.

Foto Facebook / Ben Muscroft

Endi Ben Kara bilan Xitoyga yana bir bor bormoqchi va Buyuk Xitoy devorini zabt etmoqchi, deb yozadi Mirror. Bu safar u maqsadiga erishishi aniq.

Mavzuga oid