O‘zbekistonda yana shifokorga sababsiz tahdid qilindi
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan, “Spark” avtomashinasi haydovchisi “Cobalt” avtomashinasini turgan joyida orqasidan kelib, zarb bilan qayta-qayta urib, so‘ngra haydovchi mashinadan tushib “Endi bularga ko‘rsataman” deya kimgadir tahdid qilayotgan holati aks etgan videolavha muhokamalarga sabab bo‘ldi. Ma'lum bo‘lishicha, ushbu voqea Buxoro viloyati Jondor tuman tibbiyot birlashmasi hududida sodir bo‘lgan. Sog‘liqni saqlash vazirligi mazkur holatni o‘rganib, quyidagilarni ma'lum qildi.
Ushbu holat bo‘yicha o‘sha paytning o‘zida tuman ichki ishlar bo‘limiga xabar qilingan. Biroq eng achinarlisi shuki, o‘sha kuni fuqaro V.Q.ning qarindoshi shifoxonada emas, uyida bo‘lgan. U ayol oradan ikki kun o‘tib, 13 avgust kuni ertalab, soat 8.15.da tug‘ruq majmuasiga keltirilgan va shifokorlarning ko‘magida shu kuni ko‘zi yorigan. Hozir ona va bolaning salomatligi yaxshi. Yaqin kunlarda ularga uyga ruxsat beriladi.
“Keyingi paytlarda shifoxonalarda tibbiyot xodimlariga bemorlarning qarindoshlari va yaqinlari tomonidan nohaq tahdid qilinishi, hatto, tan jarohati yetkazilishi holatlari tez-tez kuzatilayotgani juda ayanchli holatdir. Bu galgisi yanada oshib tushdi: endi shifokorning mol-mulkiga ham ziyon yetkazildi. Achinarlisi, bu hodisani sodir etgan inson Jondor tuman FHDYo bo‘limi xodimi ekan.
Sog‘liqni saqlash vazirligi yana bir karra xalqimizga, jamoatchilikka murojaat qilib shuni ma'lum qiladiki, tibbiyot xodimi uchun eng ezgu maqsad – dardiga malham istab kelgan har bir bemorga shifo baxsh etish. U bunday ezgu vazifani kimningdir tahdidi yoki do‘q-po‘pisasidan qo‘rqqani uchun emas, avvalo, o‘zining xizmat burchi, insoniy vazifasi bo‘lgani uchun vijdonan bajaradi.
Shu bois, Sog‘liqni saqlash vazirligi huquq-tartibot idoralaridan bunday holatlarga qarshi keskin kurashish, tibbiyot xodimlarining haq-huquqlari himoyasini kuchaytirishni takroran so‘rab qoladi”, - deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabarida.
Mavzuga oid
11:45 / 06.12.2024
Lordan stomatologga: tish davolatishga kelgan bemor shifokor shilqimligiga uchradi
19:11 / 05.12.2024
“Bitta brigada kuniga 25 tagacha chaqiriqqa chiqyapti” - Tez yordam qishda qanday ishlayapti?
18:33 / 29.11.2024
Bloger Farhod Mannopovning vafotida ikki shifokor aybli deb topildi
18:33 / 26.11.2024