Iqtisodiyot | 12:23 / 20.08.2019
195313
2 daqiqa o‘qiladi

Mamarizo Nurmuratov pul qiymati o‘zgarishi haqidagi mish-mishlarga oydinlik kiritdi 

Foto: KUN.UZ

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida valuta siyosati bo‘yicha matbuot anjumani bo‘lib o‘tmoqda. 

Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratov tadbirda denominatsiya (pul qiymatini o‘zgartirish) haqidagi savolga javob qaytardi.

“Denominatsiya qilish - bu oddiy narsa emas. Bizga hozir buni amalga oshirish uchun hech qanday hojat yo‘q. 

Denominatsiya faqatgina iqtisodiy erkinlikka erishilgan sharoitida qilinadi. Bu shunchaki valutadagi bir nechta nolni o‘chirib qo‘yadigan oson ish emas. Inflatsiya juda ham kuchaygan, pul qadrsizlanishi ortgan, hisob kitob masalalari o‘ta chigallashgan paytdagina denominatsiya masalasi ko‘rilishi mumkin. 

Denominatsiya haqida gap ham bo‘lishi mumkin emas. Bu hech kimning xayoliga ham kelgani yo‘q”, - dedi Markaziy bank raisi.

Eslatib o‘tamiz, bundan oldin ijtimoiy tarmoqlarda 2019 yil so‘ngiga qadar O‘zbekiston Respublikasi milliy valutasi -- so‘m denominatsiya qilinishi mumkin ekani, yangi pul birligi 10.000:1 nisbatda muomalaga kiritilishi haqida turli gap-so‘zlar tarqadi. 

Mavzuga oid