Jamiyat | 17:00 / 28.08.2019
15885
2 daqiqa o‘qiladi
Reklama

AKFA universitetida xorijlik talabalar ham tahsil olishni boshlaydi

O‘zbekistonda ilk bor ta'lim eksportini yo‘lga qo‘ygan AKFA universiteti chet ellik talabalar diqqat markazida qolmoqda. Oliygoh endigina birinchi o‘quv yiliga start berishni rejalashtirayotgan bir paytda, 50 nafardan ortiq qo‘shni davlat fuqarolarini o‘z ta'lim dasturiga qiziqtira oldi. Ulardan 18 nafari, ya'ni ichki imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan abituriyentlar universitetga to‘lov-shartnoma asosida qabul qilindi. Talabalarning aksariyati Janubiy Koreyalikdir.

Aytish joiz, O‘zbekiston fuqarolaridan farqli o‘laroq, chet el fuqarolarining 1 o‘quv semestri uchun kiritishi zarur bo‘lgan kontrakt to‘lovi 5000 AQSh dollarini tashkil etadi. Shubhasiz, 1 o‘quv yili uchun chet ellik talabalar 10.000 AQSh dollari to‘lashi zarur. 

E'tiborli jihati, ta'lim jarayoni barcha uchun to‘liq ingliz tilida olib boriladi. Talaba yoshlar Buyuk Britaniya, Hindiston, Turkiya va Janubiy Koreyalik professor-o‘qituvchilar qo‘lida tahsil olishadi. Bu esa o‘z navbatida ta'lim sifatini yaxshilash, yuqori malakali kadrlarni tayyorlashda jahon tajribasiga ega bo‘lish imkoniyatini beradi.

Hozircha faqatgina tibbiyot fakulteti bazasida tashkil etilgan AKFA universiteti yaqin kelajakda pedagogika yo‘nalishi bo‘yicha ham ta'lim dasturini yo‘lga qo‘ymoqchi.

Eslatib o‘tamiz, OTM tibbiyot yo‘nalishi bo‘yicha 2019/2020 yil uchun 200 nafarga yaqin o‘zbekistonlik abituriyentlarni o‘qishga qabul qildi. Ularning 100 nafari grant asosida, 100 nafari shartnoma asosida talabalikka tavsiya etildi. 

O‘quv yili shu yilning 9 sentyabridan boshlanadi.

AKFA universitetining ijtimoiy tarmoqlardagi va messenjerlardagi rasmiy sahifalari:

Telegram: t.me/akfauniversity

Facebook: fb.com/akfauniversity  

Instagram: @akfauniversity

Youtube: bit.ly/2xoEsUT

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid