Xakerlar yillar davomida iPhone egalarining yozishmalarini o‘qishgani ma'lum bo‘ldi
Google tarkibiga kiruvchi Project Zero jamoasi mutaxassislari xakerlar 30 oy davomida iPhone qurilmalariga zararli dasturlar o‘rnatib kelishganini aniqladi. Bu haqda The Guardian xabar berdi.
Ekspertlarning bildirishicha, har haftada minglab foydalanuvchilar xakerlar qurboniga aylangan. Mutaxassislar xakerlar faoliyatiga shu yilning yanvarida chek qo‘yishgan.
Ma'lum qilinishicha, xakerlar smartfonlarni bir nechta sayt yordamida zararlashgan. iPhone egalari ma'lum bir saytga kirishlari bilan ularning smartfoniga zararli dastur o‘rnashib olgan.
Dastur yordamida xakerlar iPhone paroli, WhatsApp, Telegram va iMessage kabi yozishmalarni qo‘lga kiritishgan. Bundan tashqari, ular smartfondagi telefonlar raqamlari va Gmail pochtasi ma'lumotlarini ham olishgan.
Iyulda har qanday iPhone qurilmasini oddiy xabar yordamida buzib kirish yo‘li ma'lum qilingandi. Buning uchun foydalanuvchi smartfoniga kelgan SMS xabarni ochishi kifoya qiladi.
Mavzuga oid
18:44 / 17.12.2024
iPhone va Samsung foydalanuvchilarining aksariyati sun’iy intellektni foydali deb hisoblamaydi
20:50 / 16.12.2024
Apple yupqa iPhone va buklama qurilmalarni chiqaradi – OAV
19:56 / 13.12.2024
Apple ba’zi iPhone modellarini sotishni to‘xtatadi
23:01 / 27.11.2024