Jahon | 01:20 / 31.08.2019
9640
2 daqiqa o‘qiladi

Tataristonda chak-chak stratosferaga uchirildi

Tataristonlik tadbirkor hamkasblarini Tataristonda 30 avgustda nishonlanadigan Respublika kuni bilan antiqa tabriklash maqsadida stratosferaga tatarlarning sevimli shirinligi – chak-chakni uchirdi.

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

A post shared by Rustam Minnixanov (@rusminnikhanov) on

Chak-chakning fazoga uchirilishi videosini Tatariston prezidenti Rustam Minnixanov Instagram’dagi sahifasida bo‘lishgan.

“Tadbirkorlarni Respublika kuni bilan o‘ziga xos tabriklashga qaror qilindi. Chak-chak stratosferaga uchib ketdi va unga ortga qaytishga maxsus parvoz qurilmasi yordam berdi”, deyilgan xabarda.

Ma'lum qilinishicha, shirinlikning parvozi uni fazoga olib chiqqan parvoz qurilmasida o‘rnatilgan GPS-treker yordamida kuzatilgan. Chak-chak 30 kmlik balandlikka yetgach, geliyli sharlar yorilib, u yerga qaytgan.

Fazoga borib-qaytgan chak-chakni tayyorlagan qandolatchi uni Tatariston prezidentiga topshirgan, u esa “fazoviy” shirinlikni Qozondagi chak-chak muzeyiga topshirishga va'da bergan.

Mavzuga oid