Markaziy harbiy okrugdagi maxsus bo‘linmalarga qabul qilingan yosh harbiy xizmatchilar bilan maxsus mashg‘ulotlar tashkil etildi
Markaziy harbiy okrug tasarrufidagi Jizzax garnizonida joylashgan Maxsus operatsiyalar kuchlari bo‘linmalariga yaqinda qabul qilingan yosh harbiy xizmatchilar bilan maxsus mashg‘ulotlar tashkil etildi. Bu haqda Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati ma'lum qildi.
Bir necha kun davomida yosh harbiy xizmatchilarning bilimi, amaliy ko‘nikmasi hamda jismoniy tayyorgarligi yana bir bor sinovdan o‘tkazildi.
Guruh shaxsiy tarkibiga belgilangan hududga xavfsiz yetib borish, shartli dushmanni qidirib topish va “marsh brosok” o‘tkazish, ekstremal sharoitlarda yashovchanlikni oshirish hamda suv to‘siqlaridan o‘tish kabi maxsus vazifalar yuklatildi.
Ekstremal sharoitlarga (dasht, cho‘l yoki notanish hududga) tushib qolgan yosh harbiy xizmatchilar tomonidan tez fursatda olov yoqish, jonivorlarni ovlash, suvni ichishga yaroqli holatga keltirish kabi usullar o‘ylab topildi.
Tadbir yakunida maxsus mashqlarni bajarishda bo‘linma tarkibi tomonidan yo‘l qo‘yilgan kamchilik hamda ustunliklar ko‘rsatib o‘tildi hamda guruh shaxsiy tarkibi maxsus vazifani bajarishda yaxshi tomonga belgilandi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Maxsus bo‘linmalariga o‘tish istagini bildirgan yosh harbiy xizmatchilar olti oylik tayyorlov kurslaridan o‘tkaziladi.
Mavzuga oid
16:45 / 22.12.2024
Jizzaxda tadbirkorning binosi uchun foydalanishga ruxsatnoma olib bermoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
12:40 / 19.12.2024
Jizzax viloyatiga yangi hokim tayinlandi
12:23 / 19.12.2024
Manba: Jizzax viloyati hokimi ishdan olingan
12:31 / 10.11.2024