Jahon | 08:14 / 05.09.2019
8590
1 daqiqa o‘qiladi
Bahama orollarida “Dorian” dovuli qurbonlari soni 20 nafarga yetdi
Bahama orollarida “Dorian” dovulidan halok bo‘lganlar soni 20 kishiga yetdi. Bu haqda The Miami Herald nashri xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, 17 kishi Abako orolida, yana 3 kishi Katta Bahama orolida halok bo‘lgan. Qidiruv ishlari davom etmoqda. Rasmiy shaxslar qurbonlar soni oshishi mumkinligini aytishmoqda.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, dovul sababli orollarda 13 ming inshoot vayron bo‘lgan yoki talofatga uchragan. Katta hudud suv ostida qolgan.
AQShning dovullar ortidan kuzatuv olib boruvchi milliy markazining ma'lum qilishicha, “Dorian” ayni vaqtda Jorjiya shtati sohillari yaqinida bo‘lib, Janubiy Karolina shtati tomon harakatlanmoqda.
Mavzuga oid
14:30 / 30.09.2024
O‘zbekiston va Bahama orollari o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatildi
11:38 / 05.11.2023
«Dorian»dan «Nargiz»gacha: Nega to‘fonlarga ayollar nomi beriladi?
10:47 / 12.09.2019
Bahamada «Dorian» dovuli sababli 2,5 ming kishi bedarak yo‘qoldi
10:38 / 09.09.2019