Fan-texnika | 08:59 / 12.09.2019
16042
2 daqiqa o‘qiladi

Ford 1,3 ming Mustang’ni bir joyda yig‘ib jahon rekordi o‘rnatdi

Foto: Ford

Ford kompaniyasi “Mustang” mashinalarining tarixdagi eng yirik paradini uyushtirib, yangi jahon rekordini o‘rnatdi. Belgiyaning Lommeldagi sinov poligonida 1326 ta “Mustang”ni yig‘ishga muvaffaq bo‘lingan.  

Rekord tan olinishi uchun parad ishtirokchilariga muayyan vaqt davomida mashinalar oralig‘i 20 metrdan kam bo‘lmagan holda kolonna bo‘lib yurishlari kerak bo‘lgan. Shundan keyin mashinalar maxsus xoreografik postanovkada ishtirok etishgan. 

Avvalgi rekord Meksikada 2017 yilda 970 ta mashina ishtirokidagi o‘rnatilgandi.

Lommeldagi poligon 3,22 kvadrat kilometr maydonga ega. Turli yo‘l qoplamalarini imitatsiya qiluvchi trassalar uzunligi 80 kmni tashkil qiladi. Bu yerda Ford muhandislari mashinalarning tormoz tizimi, rul boshqaruvi hamda harakatlanuvchi detallari ishini tekshirishadi.

Mustang qatorasiga 4 yil dunyoning eng ommabop sportkari bo‘lib kelgan. 2019 yilning birinchi yarmida ushbu mashinadan Yevropada 5500 dona sotilgan. Bu esa 2018 yilning shu davriga nisbatan 3,7 foiz ko‘proqni tashkil qilgan. Sotilgan mashinalarning eng katta qismi aynan Belgiyaga to‘g‘ri keladi. 

Mavzuga oid