Jamiyat | 11:34 / 13.09.2019
10151
2 daqiqa o‘qiladi

To‘raqo‘rg‘onda «Isoqxon Ibrat metangaz»ga qarashli AGTKShda Hyundai porter yonib ketdi

Foto: FVV YoXBB matbuot xizmati

2019 yilning 12 sentabr kuni soat 07:43da Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumani Chustko‘prik MFYda joylashgan “Isoqxon Ibrat metangaz” MChJga qarashli avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchasi hududida Hyundai porter rusumli yuk avtomobilida yong‘in bo‘layotganligi haqida yong‘in-qutqaruv xizmatiga xabar kelib tushgan.

O‘zbekiston Respublikasi FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo‘linmasi ma'lumotida aytilishicha, yong‘inni bartaraf etishga 2 ta yong‘in o‘chirish bo‘linmalari jalb etilgan. Bo‘linmalar voqea joyiga soat 07:51 da yetib borgan va yong‘in soat 07:53 da qurshab olinib, soat 08:00 da to‘liq bartaraf etilgan.

 

Tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar yo‘q. Hodisa oqibatida Hyundai porter rusumli yuk avtomobilining salon qismi va shinalari yonib zararlangan. Yong‘inning taxminiy sababi - avtomobilga siqilgan gazni to‘ldirgandan so‘ng gaz shlangi uzilmasdan avtomobilning harakatlanib ketishi. Moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Mavzuga oid