Sport | 18:47 / 15.09.2019
11840
2 daqiqa o‘qiladi

Para-suzish. Shohsanam Toshpo‘latova jahon chempioni bo‘ldi

Buyuk Britaniya poytaxti London shahrida para-suzish bo‘yicha navbatdagi jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda.

Bugun, 15 sentabr kuni ayollar o‘rtasida 100 metrga batterflyay usulida suzish bahslari bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston jamoasi vakili Shohsanam Toshpo‘latova finishga birinchi bo‘lib yetib keldi va terma jamoa hisobiga ushbu jahon chempionatidagi ilk oltin medalni olib berdi. 

Shohsanam 1 daqiqayu 3,89 soniya natija bilan yangi Osiyo rekordini o‘rnatdi.

Shohsanam Toshpo‘latova bungacha 100 metrga erkin usulda suzish bo‘yicha bronza medaliga sazovor bo‘lgan edi.

Ayollar. 100 metrga batterflyay usulida suzish:
1. Shohsanam Toshpo‘latova (O‘zbekiston) – 1:03.89;
2. Karlotta Gilli (Italiya) – 1:03,95;
3. Rebekka Meyyers (AQSh) – 1:04,41.

Bugun erkaklar o‘rtasida ham 100 metrga batterflyay usulida suzish bahslari bo‘lib o‘tdi. O‘zbekistonlik sportchi Islom Aslanov finishga ikkinchi bo‘lib yetib keldi va kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Bu Islom Aslanovning ushbu musobaqadagi ikkinchi kumush medali bo‘ldi. U bundan avval 100 metrga erkin usulda suzish bo‘yicha ham ikkinchi o‘ringa sazovor bo‘lgan edi.

Erkaklar. 100 metrga batterflyay usulida suzish:
1. Ixar Boki (Belarus) – 53.95;
2. Islom Aslanov (O‘zbekiston) – 55.99;
3. Oleksiy Virchenko (Ukraina) – 57.38.

Ma'lumot uchun, 60dan ortiq mamlakatdan 600ga yaqin sportchi ishtirok etayotgan ushbu turnirda hozircha O‘zbekiston terma jamoasi 6ta medal bilan umumjamoa hisobida 20-o‘rinni egallab turibdi.

O‘zbekiston terma jamoasi sharafini 7 nafar sportchi himoya qilmoqda.

Shohsanam Toshpo‘latova – 1 ta oltin, 1 ta bronza;
Islom Aslanov – 2ta kumush;
Firdavs Musabekov – 1ta kumush
Nigora Mirzohidova – 1ta bronza

Mavzuga oid