Sport | 18:27 / 15.09.2019
14631
2 daqiqa o‘qiladi

Superliga. «Bunyodkor» Qo‘qonda yirik hisobda yengildi

Superliga 19-turining yana bir o‘yini Qo‘qonda yakunlandi. O‘z maydonida «Bunyodkor»ni qabul qilgan «Qo‘qon-1912» 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. Avazxon Muhammadxo‘jayev, Shahboz Erkinov hamda Murod Xolmuhammedovning gollari qo‘qonliklarga yirik hisobda g‘alaba keltirdi. Bu g‘alabadan keyin qo‘qonliklar ochkolari 20 taga yetdi va jamoa 9-o‘ringa ko‘tarildi.

Superliga. 19-tur
QO‘QON-1912 — BUNYoDKOR 3:0
Gollar
: Avazxon Muhammadxo‘jayev (4), Shahboz Erkinov (54), Murod Xolmuhammedov (60, penalti).

«Qo‘qon-1912»: Islom Abdullayev, Jamshid Hasanov, Marko Milich, Murod Xolmuhammedov, Avaz Mamatxo‘jayev, Jahongir Ahmadov (Zafar To‘rayev, 82), Iqbol Malikjonov, Oybek Rustamov, Temur Hakimov (Quvondiq Ro‘ziyev, 63), Suhrob Berdiyev, Shahboz Erkinov (Otabek Haydarov, 61).
«Bunyodkor»: Abdumavlon Abdujalilov, Islom Qobilov, Sanjar Qodirqulov, Anvar G‘ofurov, Dilshod Ahmadaliyev (Suhrob Izzatov, 62), Lutfulla To‘rayev, Shohruh Gadoyev, Abdulla Abdullayev (Yevgeniy Chumak, 69), Xurshid G‘iyosov, Javohir Qahramonov, Mirjahon Mirahmadov.

Mavzuga oid