Ijtimoiy so‘rov: Haftasiga qancha miqdorda go‘sht iste'mol qilasiz?
10 sentabr kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi anjumanlar zalida O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi mutasaddilari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Unda mutasaddilar «Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Prezident qarori ijrosi va mohiyati yuzasidan ma'lumot berib, OAV xodimlari tomonidan berilgan savollarga javob qaytarishdi.
Tadbirda O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi Aktam Xayitov shunday dedi:
«Go‘sht narxi nega qimmatlab ketyapti deb o‘ylaysizlar? To‘g‘ri, ozuqa yetishmasligi birinchi sabab, ikkinchidan, bugun biz juda ko‘p go‘sht iste'mol qilyapmiz. Shunchalik ko‘p go‘sht yemoqdamizki, buning natijasida ko‘pgina kasalliklar paydo bo‘lyapti. Buni «Amerika kasalligi» deyishadi, bu kasallik menda ham bor, hammamizning tanamizda ortiqcha go‘sht bor. Men faqat go‘shtni aytmayapman, ovqatlanish madaniyatimiz yo‘q».
Rostdan ham xalqimiz kishi boshiga haftasiga qancha go‘sht iste'mol qilmoqda? Kun.uz bu borada Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi fuqarolar o‘rtasida ijtimoiy so‘rovnoma o‘tkazdi.
So‘rovnoma natijalariga kelsak, oilalar talab darajasi va daromad miqdoriga qarab go‘sht iste'mol qilishadi. Misol uchun 4-5 kishilik oilalar haftasiga 1-2 kilogramm atrofida go‘sht iste'mol qilsa, ba'zilari undan ko‘proq, ayrim oilalar faqat bayram kunlari go‘sht yesa, hatto oylab go‘sht yemaydigan oila a'zolariga ham bor.
Ijtimoiy so‘rovnomada ishtirok etgan fuqarolar nisbatiga ko‘ra, bir fuqaro kuniga taxminan 60-70 gramm atrofida go‘sht iste'mol qilar ekan. Bu statistika raqamlari nisbiy bo‘lib, miqdor ko‘payishi yoki kamayishi mumkin.
Quyidagi videorolikda bu haqda batafsil ma'lumot olishingiz mumkin.
Mavzuga oid
14:56 / 10.12.2024
Kun so‘rovi: O‘zbekistonda inson huquqlarini qaysi tashkilotlar himoya qiladi?
21:40 / 02.10.2024
Qirg‘iziston O‘zbekiston tufayli go‘sht eksportiga vaqtinchalik taqiq joriy qilgani ma’lum bo‘ldi
08:08 / 13.07.2024
“150 bola ovqatiga 300 gramm go‘sht” – Peshku hokimi bog‘chadagi go‘shtni taroziga torttirib ko‘rdi
10:16 / 12.05.2024