«Bosh vazir bo‘lsangiz, ular o‘ta xavfli» - Snouden amaldorlarga WhatsApp va Telegram’dan foydalanmaslikni tavsiya qildi
Amerika maxsus xizmatining sobiq xodimi Edvard Snouden amaldorlar WhatsApp va Telegram messenjerlaridan foydalanmasliklari kerakligini aytdi.
U France Inter radiosiga intervyu berayotgan chog‘ida jurnalist Fransiya bosh vaziri Eduar Filipp WhatsApp, prezident Emmanuel Makron esa Telegram messenjeridan foydalanishini aytdi. Snouden bunga javoban, vazirlarning WhatsApp’dan foydalanishlari «katta xato» ekanligini ta'kidladi. U Facebook kompaniyasi 2014 yildan mazkur ilovaning egasiga aylanganini aytdi.
«Ular turli himoya darajalarini qatlamma-qatlam o‘chirishadi», - dedi u.
Snoudenning so‘zlariga ko‘ra, bu kompaniyaga zarurat tug‘ilganda foydalanuvchilarning suhbat va yozishmalari mazmunidan xabardor bo‘lish imkonini beradi.
Shu bilan birga u Telegram borasida ham tanqidiy fikr bildirdi.
«Agarda bosh vazir bo‘lsangiz, har ikki dastur o‘ta xavfli», - qayd etdi u.
Ammo Snouden WhatsApp va Telegram SMS-xabarlardan ko‘ra xavfsizroq ekanligini e'tirof etdi.
U Signal va Wire messenjerlaridan foydalanishni tavsiya qildi. Snoudenning fikricha, bu ilovalarda shifrlash ancha yaxshi.
Snouden 2013 yilda The Washington Post va The Guardian nashrlariga AQSh va Britaniya maxsus xizmatlarining internetda kuzatuv olib borish dasturlari haqidagi maxfiy axborotni bergan. U dastlab Hongkongga, so‘ngra Moskvaga uchib, u yerda Sheremetevo aeroportining tranzit hududida ma'lum vaqt qolishiga to‘g‘ri kelgan.
Rossiya Snoudenga AQShga qarshi faoliyatini to‘xtatishi kerakligi sharti bilan bir yilga boshpana bergan. 2014 yil avgustda u nafaqat Rossiya bo‘ylab, balki xorijga sayohat qilishga imkon beruvchi 3 yillik yashash huquqini olgan. 2017 yilda ushbu huquq yana 3 yilga uzaytirilib berilgan.
Mavzuga oid
18:26 / 23.12.2024
Telegram 2024 yilda 1 milliard dollar daromad qildi
09:53 / 21.12.2024
RKN WhatsApp va Skype'ga foydalanuvchi ma’lumotini FSBga topshirish majburiyatini yukladi
20:54 / 12.12.2024
Telegram 2024 yilda 15 milliondan ziyod kanal va guruhlarni blokladi
21:19 / 09.12.2024