O‘zbekiston | 12:03 / 18.09.2019
39938
10 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda mobil qurilmalarni ro‘yxatga olish tartibi tasdiqlandi

Foto: Androidcentral.com

Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi hududida foydalanilayotgan, sotish yoki shaxsiy foydalanish uchun olib kiriladigan va ishlab chiqariladigan mobil qurilmalarni ro‘yxatga olish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori qabul qilindi.

Belgilanishicha:

O‘zbekiston Respublikasi hududida foydalanilayotgan, sotish yoki shaxsiy foydalanish uchun olib kiriladigan va ishlab chiqariladigan mobil qurilmalar mobil qurilmalarni xalqaro o‘ziga xos identifikatsiya kodlari bo‘yicha ro‘yxatga olish tizimida:

2019 yil 1 noyabrgacha - ularni avtomatik tarzda mobil aloqa operatorlari tarmoqlariga ulash (aktivlashtirish) orqali bepul asosda;

2019 yil 1 noyabrdan - Nizomga muvofiq jismoniy shaxslar, import qiluvchilar va ishlab chiqaruvchi korxonalarning mobil qurilmalarni xalqaro o‘ziga xos identifikatsiya kodlari bo‘yicha ro‘yxatga olish tizimiga murojaat qilishi orqali bepul asosda;

2019 yil 1 dekabrdan - Nizomga muvofiq jismoniy shaxslar, import qiluvchilar va ishlab chiqaruvchi tashkilotlarning mobil qurilmalarni xalqaro o‘ziga xos identifikatsiya kodlari bo‘yicha ro‘yxatga olish tizimiga murojaat qilishi orqali pulli asosda ro‘yxatga olinadi.

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy foydalanish uchun olib kiriladigan mobil qurilmalarni ro‘yxatga olish maqsadida mobil qurilmalarni xalqaro o‘ziga xos identifikatsiya kodlari bo‘yicha ro‘yxatga olish tizimi operatorining Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi bilan o‘zaro hamkorligi to‘g‘risida bitim tuzilishini hamda fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasini kesib o‘tganligi haqidagi ma'lumotlar bilan avtomatik tarzda almashish uchun ularning elektron tizimlariga ulanishini bir oy muddatda ta'minlaydi.

O‘zbekiston Respublikasi hududida foydalanilayotgan, sotish yoki shaxsiy foydalanish uchun olib kiriladigan va ishlab chiqariladigan mobil qurilmalarni ro‘yxatga olish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra,  IMEI-kodlar ma'lumotlar bazasi - Tizim ro‘yxatga oluvchilari, mobil aloqa operatorlari, import qiluvchilar, ishlab chiqaruvchi tashkilotlar. huquqni muhofaza qilish organlari va jismoniy shaxslar taqdim etadigan ma'lumotlar asosida Tizim operatori tomonidan shakllantiriladigan baza. 

IMEI-kodlar ma'lumotlar bazasi mobil qurilmalar IMEI-kodlarining oq ro‘yxati, qora ro‘yxati, kul rang ro‘yxati va bog‘langan oq ro‘yxatidan iborat.

Oq ro‘yxat - mobil qurilmalar IMEI-kodlarining ro‘yxati bo‘lib, ular:

2019 yil 1 noyabrgacha bo‘lgan davrda mobil aloqa operatorlarining tarmoqlariga ularni ulash (aktivlashtirish) orqali avtomatik rejimda ro‘yxatga olingan;

ushbu Nizomga muvofiq ro‘yxatga olingan bo‘ladi.

Oq ro‘yxatga kiritilgan mobil qurilmalarga mobil aloqa xizmatlaridan mobil aloqa operatori bilan tuzilgan shartnomaga va amaldagi tarifga ko‘ra belgilangan tartibda foydalanishga ruxsat beriladi;

qora ro‘yxat - ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda ro‘yxatga olinmagan mobil qurilmalar, shuningdek, huquqni muhofaza qilish organlarining axborotiga ko‘ra yo‘qotilgan va o‘g‘irlangan mobil qurilmalar IMEI-kodlarining ro‘yxati va mobil qurilmalarning klonlangan hamda aniqlanmagan IMEI-kodlar.

Qora ro‘yxatga kiritilgan mobil qurilmalarning abonentga qora ro‘yxatga kiritilganligi sababi to‘g‘risida SMS-xabarnomani yuborgan holda, mobil aloqa xizmatlaridan foydalanish cheklanadi (bir vaqtning o‘zida bog‘langan oq ro‘yxatda bo‘lgan mobil qurilmalarning IMEI-kodlari bundan mustasno).

Mobil aloqa xizmatlaridan foydalanishni cheklash deganda ushbu mobil qurilma orqali istalgan telekommunikatsiya xizmatini olish imkoniyati yo‘qligi nazarda tutiladi;

kul rang ro‘yxat - oq yoki qora ro‘yxatlarga kiritilmagan, ammo mobil aloqa operatorining tarmog‘ida birinchi tarmoq hodisasi paytidan boshlab 30 kalendar kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatga mobil aloqa xizmatlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladigan mobil qurilmalarning IMEI-kodlari ro‘yxati;

bog‘langan oq ro‘yxat - mobil qurilmalar IMEI-kodlarining ro‘yxati bo‘lib, ular:

klonlangan yoki aniqlanmagan, ammo 2019 yilning 1 noyabrigacha bo‘lgan davrda IMEI-kodni abonentning telefon raqami bilan bog‘lagan holda avtomatik ravishda ro‘yxatga olingan bo‘ladi (IMEI - MSISDN);

GSMA talablariga javob beradigan, boshqa qurilma bilan birgalikda IMEI-kodlar ma'lumotlar bazasiga kiritilgan IMEI-kodli yangi mobil qurilma hisoblanadi va IMEI-kodning klonlanganligi aniqlanguniga qadar abonent tomonidan Tizim operatori yoki Tizim ro‘yxatga oluvchisiga kelib, mobil qurilma hujjatlarini IMEI-kod hamda abonent telefon raqami bilan birgalikda (IMEI - MSISDN) taqdim etiladi.

Bog‘langan oq ro‘yxatdagi IMEI-kodli mobil qurilmalardan faqat abonentlarning bog‘langan mobil raqamlari tomonidan foydalanaladi (IMEI - MSISDN).

Tizim ushbu Nizomning talablariga ko‘ra mobil qurilmalarni ro‘yxatga olish, O‘zbekiston Respublikasi hududida foydalanilayotgan, sotish yoki shaxsiy foydalanish uchun olib kiriladigan va ishlab chiqariladigan barcha mobil qurilmalarning IMEI-kodlari to‘g‘risidagi axborotni o‘z ichiga olgan yagona ma'lumotlar bazasini yaratish, shuningdek, mobil qurilmalar IMEI-kodlarining oq, kul rang, qora, bog‘langan oq ro‘yxatlarini shakllantirish va ta'minlash uchun mo‘ljallangan.

IMEI-kodlarni tekshirish va mobil qurilmalarni ro‘yxatga olish bilan bog‘liq barcha jarayonlar Tizim yordamida amalga oshiriladi.

Import qiluvchilar va jismoniy shaxslar O‘zbekiston Respublikasi hududida qurilmani xarid qilishdan avval lMEI-kodning maqomini tekshirish va aniqlanmagan, klonlangan, yo‘qotilgan va o‘g‘irlangan mobil qurilmalarni aniqlash uchun IMEl-kodlarning ma'lumotlar bazasiga SMS/USSD so‘rov yuborishlari yoki www.uzimei.uz manzil bo‘yicha Tizim operatorining saytiga murojaat qilishlari mumkin.

Mobil qurilmaning IMEI-kodini ro‘yxatga olish va maqomini tekshirish bilan bog‘liq Tizim operatoridan barcha SMS-xabarlar va abonentlardan SMS/USSD so‘rovlar bepul asosda amalga oshiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi hududida foydalanilayotgan, sotish yoki shaxsiy foydalanish uchun olib kiriladigan va ishlab chiqariladigan mobil qurilmalarni ro‘yxatga olish majburiy hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi hududida xalqaro roumingda bo‘lgan mobil qurilmalar bundan mustasno.

Klonlangan va aniqlanmagan IMEI-kodli mobil qurilmalar Tizimda ro‘yxatga olinmaydi.

Mobil qurilmalarni xalqaro o‘ziga xos identifikatsiya kodlari bo‘yicha ro‘yxatga olish tizimida ro‘yxatga olinishi kerak bo‘lgan mobil qurilmalar turlarining ro‘yxati ushbu Nizomga 1-ilovada beriladi.

Mobil qurilmalarni ro‘yxatga olish ko‘rsatilgan talablarga muvofiq jismoniy va yuridik shaxslarning Tizim operatori yoki Tizim ro‘yxatga oluvchisiga qilgan murojaatlari bo‘yicha amalga oshiriladi.

Avval ro‘yxatga olingan mobil qurilmalar qayta ro‘yxatga olinmaydi.

Davlat tomonidan qo‘riqlanishi kerak bo‘lgan shaxslarning xavfsizligi, mamlakatda mudofaa qobiliyati, xavfsizlik va ichki tartibni ta'minlash va favqulodda vaziyatlar holatida ehtiyojlarni ta'minlash uchun O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilgan mobil qurilmalarning IMEI-kodlarini ro‘yxatga olish vakolatli organlarning tegishli murojaatlari bo‘yicha alohida tartibda amalga oshiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi hududiga/hududida import qiluvchilar tomonidan olib kiriladigan va ishlab chiqaruvchi tashkilotlar tomonidan ishlab chiqariladigan mobil qurilmalarni ro‘yxatga olish sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.

Eksport qilish uchun ishlab chiqarilgan mobil qurilmalarning IMEI-kodlari ro‘yxatga olinmaydi.

Import qiluvchilar va ishlab chiqaruvchi tashkilotlar mobil qurilmalarni ro‘yxatga olishni:

Tizim operatoriga o‘zi kelib murojaat etish orqali;

O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YaIDXP) orqali amalga oshirishlari mumkin.

Mobil qurilmalarni ro‘yxatga olish uchun ariza beruvchi O‘zbekiston Respublikasi hududiga/hududida olib kirilgan/ishlab chiqarilgan mobil qurilmalarning markasi, modeli, soni va IMEI-kodlari ko‘rsatilgan holda, tegishli ravishda ariza beruvchining turiga qarab, shaklga muvofiq to‘ldirilgan anketani taqdim etadi.

Import qiluvchilar anketada olib kirilgan qurilmalar to‘plami uchun yuk bojxona deklaratsiyasining (YuBD) raqami va sanasini ko‘rsatadi. Agar import qiluvchi tomonidan anketada ko‘rsatilgan axborot YuBDda aks ettirilgan axborotga mos kelmasa, qurilmalarning butun to‘plami ro‘yxatga olinmaydi.

Bunda mobil qurilmalarning markasi, modeli, soni to‘g‘risidagi axborot va ular IMEI-kodlarining ro‘yxati ariza beruvchilar tomonidan elektron ko‘rinishda taqdim etiladi.

Ro‘yxatga olish uchun o‘zi kelib murojaat qilish tartibida to‘ldirilgan anketa Tizim operatori yoki Tizim ro‘yxatga oluvchisining mas'ul shaxsi tomonidan qabul qilinadi.

Mas'ul shaxs tomonidan YaIDXP orqali elektron shaklda taqdim etilgan mobil qurilmani ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi anketa uning olinganligi to‘g‘risidagi bildirishnoma bilan qabul qilinadi, shuningdek, ro‘yxat raqami berilgan holda avtomatik ravishda YaIDXPda ro‘yxatga olinadi.

Ro‘yxatga olish uchun ariza beruvchi tomonidan taqdim etiladigan mobil qurilmalarning soni cheklanmagan.

Mavzuga oid