Ishtixon MTPning xatlangan yer uchastkasi 2 gektarga kamaygani holati bo‘yicha to‘plangan hujjatlar prokuraturaga jo‘natildi - MIB
17 sentabr kuni Kun.uz caytida «Ishtixon mashina-traktor parkini onlayn auksionda yutib olgan g‘olib u yerga kira olmasdan sarson bo‘lmoqda» sarlavhasi ostida onlayn auksionda g‘olib bo‘lgan fuqaro S.Qodirovning ishonchli vakili Sherzod Gaziyevning murojaati yuzasidan surishtiruv e'lon qilingan edi.
Ushbu maqolaga javoban O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosidan tahririyatimizga ma'lumotnoma taqdim etdi.
«Aniqlanishicha, Samarqand shahar iqtisodiy sudining 29.10.2018 yildagi ijro hujjatiga asosan qarzdor «Keys-A» MChJdan undiruvchi «Turonbank» ATB foydasiga jami 3 mlrd. 254 mln. 961 ming so‘m va oldindan to‘langan 20 000 so‘m pochta xarajati undirish belgilangan.
Jumladan, sud qaroriga asosan undiruv qarzdorning «Keys-A» MChJning pul mablag‘lari bilan birga:
- garovga qo‘yilgan «Ishtixon MTP»ning bino inshootlari;
- garovga qo‘yilgan «Bulung‘ur MTP»ning bino inshootlari;
- kredit mablag‘i evaziga sotib olingan 6 dona «Dominator-130» rusumli g‘alla o‘rish kombaynlari — «Samarqand viloyat Agroservis MTP» MChJning 3 mlrd. 745 mln. so‘mlik kafillik shartnomasi bo‘yicha pul mablag‘lariga qaratish ko‘rsatib o‘tilgan.
Ushbu ijro hujjati Byuroning Samarqand shahar bo‘limi ish yurituviga 07.11.2018 yilda kelib tushgan va shu kuni ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror qabul qilingan.
Ijro hujjati yuzasidan amalga oshirilgan majburiy harakatlari davomida 10.11.2018 yilda qo‘shimcha qarzdor «Samarqand viloyat Agroservis MTP» MChJga tegishli bo‘lgan ya'ni, Ishtixon shahar, Ishtixon ko‘chasi, 84-uyda joylashgan «Ishtixon MTP»ning bino va inshootlari xatlanib, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 233-moddasi talablari tushuntirilgan holda «Ishtixon Agroservis MTP ESM» MChJ rahbari N.Shakarovga saqlash uchun topshirilgan va xatlangan mol-mulkdan foydalanishga oid cheklov qo‘yilmagan.
Bundan tashqari, 05.04.2019 yilda undiruvchi ATB «Turonbank»ning ijro hujjatini ijro qilmasdan qaytarib berish to‘g‘risidagi murojaatiga asosan ijro hujjati 05.04.2019 yilda O‘zbekiston Respublikasi «Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida»gi Qonuni 40-moddasi birinchi qismi 1-bandiga asosan tamomlanib, ijro hujjatining asl nusxasi undiruvchiga qaytarilgan.
Keyinchalik, 12.06.2019 yilda ATB «Turonbank» tomonidan 12.06.2019 yilda qarzdor kredit qarzdorligi to‘lanmagani sababi, ijro harakatlarini davom ettirish haqidagi murojaati bo‘yicha ixtiyoriy muddatda to‘lovlar amalga oshirilmagani sababli, garovga qo‘yilgan «Samarqand viloyat Agroservis MTP» MChJga tegishli bo‘lgan «Ishtixon MTP»ning bino va inshootlari xatlangan hamda boshlang‘ich bahosi 1 mlrd 202 mln. 600 ming so‘m narxda 16.07.2019 yilda elektron-onlayn savdoga chiqarilgan.
Auksion natijasiga ko‘ra bino-inshoot 20.08.2019 yilda g‘olib S.Qodirovga jami 1 mlrd. 539 mln. 328 ming so‘mga sotilgan.
Biroq, qarzdor tomonidan sudning hal qiluv qaroriga nisbatan kassatsiya shikoyati keltirilgani sababli, Samarqand viloyat iqtisodiy sudining 09.09.2019 yildagi ajrimiga asosan ijro harakatlari vaqtincha to‘xtatilgan.
Davlat ijrochisi tomonidan mazkur bino-inshootlar mutaxassis ishtirokida 23.07.2019 yilda ko‘zdan kechirilgan, ko‘zdan kechirish amalga oshirish jarayonida bino-inshootning holati yoki umumiy yer maydonini kamaygani bo‘yicha fikr bildirilmagan.
Sotuvga chiqarilgan bino-inshoot yer uchastkasining umumiy maydonidan 2 ga kamaygani holati bo‘yicha to‘plangan hujjatlar 17.09.2019 yilda Ishtixon tuman prokuraturasiga qonuniy qaror qabul qilish uchun yuborilgan», deyiladi MIBning tahririyatimizga yuborgan ma'lumotida.
Mavzuga oid
19:59 / 18.12.2024
Toshkentda yo‘lbo‘yi avtoturargohlarini tashkil etish uchun boshqa kompaniya tanlandi
16:53 / 02.12.2024
Ishtixonda uch metrlik bo‘g‘ma ilon uyda saqlanayotgani aniqlandi
01:13 / 21.11.2024
Belgiyalik rassomning «Yorug‘lik imperiyasi» turkumiga kiruvchi kartinasi 121,2 mln dollarga sotildi
18:43 / 16.08.2024