Jamiyat | 13:34 / 21.09.2019
4816
1 daqiqa o‘qiladi

Chustda ochiq olovdan foydalanishdagi ehtiyotsizlik yong‘inga sabab bo‘ldi

Foto: FVV YoXBB matbuot xizmati

2019 yilning 19 sentabr kuni soat 00:45da Namangan viloyati Chust tumani “Toymasobod” MFY Toymas ko‘chasi 109-uyda yong‘in sodir bo‘layotganligi haqida yong‘in-qutqaruv xizmatiga xabar kelib tushgan.

O‘zbekiston Respublikasi FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo‘linmasi ma'lumotida aytilishicha, yong‘inga 3 ta yong‘in o‘chirish bo‘linmalari jalb etilgan. Bo‘linmalar ko‘rsatilgan manzilga 10 daqiqada yetib borgan. Ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in bartaraf etilgan. 

Yong‘indan yashash uyining 200 kv. metr maydoni saqlab qolingan.  Tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar yo‘q. Yong‘in oqibatida yashash uyi darvozaxonasining va molxonasining 85 kv. metr maydonda tom qismi yongan. 

Hodisaning taxminiy sababi - ochiq olovdan foydalanishda ehtiyotsizlik. Moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Mavzuga oid