Sport | 15:16 / 21.09.2019
8388
1 daqiqa o‘qiladi

Hikmatullo To‘rayev ham finalga chiqdi

Dzyudo bo‘yicha Toshkentda o‘tkazilayotgan Gran-pri turnirining ikkinchi kungi bahslari hal qiluvchi pallaga kirdi.

-73 kgda ishtirok etayotgan Hikmatullo To‘rayev musobaqa finaliga chiqdi. U yarimfinalda turkiyalik Bilol Chilo‘g‘lidan ustun keldi.

Ushbu vaznda ham to‘rt nafar o‘zbekistonlik dzyudochi bahslarga kirishgan edi. G‘iyosjon Boboyev, Umidjon Abdullayev va Obidxon No‘monovlar ilk uchrashuvdayoq mag‘lub bo‘ldi va musobaqani tark etdi.

Shuningdek, turnirda ayollar o‘rtasida -70 kggacha dzyudochilar bahslarida o‘zbekistonlik Gulnoza Matniyozova finalga chiqdi. U yarimfinalda venesuyelalik E.Rodriges ustidan g‘alaba qilgan. Finalda tojikistonlik Behro‘zi Xo‘jazodaga qarshi kurashadi.

Bundan avval Sharofuddin Boltaboyev hamda Kamoliddin Rasulovlar -81 kgda finalga chiqqani xabar qilingan edi.

Mavzuga oid