Jahon | 20:21 / 28.09.2019
14538
1 daqiqa o‘qiladi

Afg‘onistonda prezidentlik saylovlarida ovoz berish rasman yakunlandi

Foto: AFP 2019 / Noorullah Shirzada

Afg‘onistonda prezidentlik saylovlarida ovoz berish rasman yakunlandi, deb ma'lum qildi Mustaqil saylov komissiyasi rahbari Havo Olam Nuristoniy.

15 nafar nomzoddan biriga ovoz berish uchun 9,6 millionga yaqin Afg‘oniston fuqarosi ro‘yxatdan o‘tdi. Tolo News telekanalining xabariga ko‘ra, ovoz berish yakunlanishiga oz vaqt qolganida 2 millionga yaqin (jami saylovchilarning 20 foizi) kishigina ovoz bergan.

Kunduzi OAV ovoz berish jarayonidagi qiyinchiliklar haqida xabar bergandi: Afg‘oniston saylov komissiyasi 5373ta saylov uchastkasidan 870tasi bilan aloqani yo‘qotgan, 1331ta uchastka esa ochilmagan.  

Saylovlar “Tolibon” guruhining tahdidlari sababli kuchaytirilgan xavfsizlik choralari ostida o‘tdi. Avvalgi prezidentlik saylovlari 2014 yilda bo‘lib o‘tgan, unda Ashraf G‘ani g‘alaba qozongandi.

Mavzuga oid