Sport | 18:14 / 28.09.2019
18297
1 daqiqa o‘qiladi

«Nasaf» sardori Umar Eshmurodov ilk marta milliy jamoaga chaqirildi

Foto: Tribuna.uz

Qarshining «Nasaf» klubi himoyachisi Umar Eshmurodov O‘zbekiston milliy jamoasining oktabr oyidagi yig‘iniga chaqirilgan. Bu haqda Tribuna.uz manba'si ma'lum qildi.

26 yoshli Eshmurodov faoliyatida ilk marta O‘zbekiston milliy jamoasiga chaqirildi. Markaziy himoyachi o‘tgan mavsumdan buyon «Nasaf» sardori sifatida o‘ynab keladi.

Eshmurodov 2017 yilda «Sho‘rtan»dan Qarshining «Nasaf» klubiga o‘tgandi. Transfermarket uning transfer narxini 400 ming yevroga baholagan. Eshmurodov mavsum oralig‘ida ko‘p klublardan taklif bo‘lganiga qaramay, «Nasaf»da qolgandi.

O‘zbekiston milliy jamoasi JCh-2022 saralashi doirasida 10 oktabr kuni Toshkenda Yaman bilan, 15 oktabr kuni mehmonda Singapur bilan o‘ynaydi.

Mavzuga oid