Jahon | 15:25 / 30.09.2019
5302
1 daqiqa o‘qiladi
Havo o‘ta ifloslanganligi sababli Bangkok aholisiga niqob taqib yurish tavsiya etilmoqda
Tailand poytaxtida havoning ifloslanish darajasi ortib ketdi, deb ma'lum qildi milliy ekologiya departamenti.
"Bangkokning 50ta rayonidan 29tasida havoning ifloslanish darajasi me'yoridan yuqorini tashkil etmoqda", - dedi departament boshlig‘i Pralong Damrongtxai Thai PBS telekanali orqali chiqish qilib.
U surunkali nafas yo‘llari kasalligiga chalingan fuqarolarni zarurat bo‘lmasa ko‘chaga chiqmaslikka chaqirdi.
Tailand bosh vaziri general Prayut Chan-Ocha o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida Bangkok aholisini ko‘chaga niqob va respirator taqqan holda chiqishga chaqirdi.
Mavzuga oid
08:18 / 26.12.2022
Myanma hududida mushkul ahvolga tushib qolgan 15 nafar fuqaro O‘zbekistonga qaytarildi
20:16 / 16.02.2022
Tayland poytaxtining nomi o‘zgarishi mumkin
14:30 / 04.02.2020
Koronavirusdan qutulishga harakat: Tailandlik shifokorlar dorilar «kokteyli»ni tayyorlashdi
01:44 / 07.09.2019