2019 yilda O‘zbekistonning qancha fuqarosi Rossiya orqali hajga borgani ma'lum qilindi
2019 yilda O‘zbekistonning 419 nafar fuqarosi Rossiya uchun ajratilgan kvotalar doirasida haj ziyoratini ado etdi. Bu haqda Oliy Majlis Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev ma'lumot berdi.
Safoyevning aytishicha, Rossiya Federatsiyalar kengashi raisining o‘rinbosari Ilyos Umaxanov unga shunday ma'lumot bergan. Umaxanov kuni kecha RF Federatsiyalar kengashi delegatsiyasi bilan birga O‘zbekistonga kelgan edi.
«Rossiyadan har yili shuncha o‘zbekistonlik hajga boradimi? Buni ayta olmayman. Bizning yaxshi do‘stimiz janob Umaxanov Rossiyadan hajga qancha odam borishi masalasini muvofiqlashtirish bilan shug‘ullanadi. Umuman, yanglishmasam, Rossiyadan yiliga 25 ming kishi hajga boradi», – dedi Safoyev.
Ma'lumot uchun, 2016 yilda O‘zbekistondan 5200 kishi muqaddas Haj amallarini ado etib kelgan bo‘lsa, 2017 yildan boshlab yiliga 7200 nafar o‘zbekistonlik islom dinining muqaddas arkonlaridan birini ado etish imkoniga ega bo‘lib kelmoqda.
Mavzuga oid
16:39 / 02.12.2024
“Tashqi siyosat konsepsiyasi yopiq bo‘lishi mumkin emas” - Sodiq Safoyev
13:56 / 19.11.2024
Tanzila Norboyeva Senat raisi lavozimiga qayta saylandi
15:20 / 26.10.2024
«O‘zbekistonning BRICS'ga a’zo bo‘lishi kun tartibida emas» – Sodiq Safoyev
12:22 / 28.08.2024