Jahon | 20:30 / 06.10.2019
7529
2 daqiqa o‘qiladi

Olimlar termik ishlanmagan sabzavotlar ziyonini aniqlashdi

AQShning Garvard universiteti olimlari guruhi xom, ya'ni termik ishlovdan o‘tmagan sabzavotlar ichakka qanday ta'sir qilishini aniqlashdi. Olimlarning xulosalari Nature Microbiology nashrida keltirilgan.

Olimlar o‘z tadqiqotlari davomida termik ishlov qilinmagan sabzavotlar ovqat hazm qilishga bir qator salbiy ta'sirlarga egaligini aniqlashdi. Bunday sabzavotlar ovqat hazm qilishga va immunitetni mustahkamlashga yordam beruvchi foydali bakteriyalarni yo‘q qilar ekan.

Olimlar o‘z tadqiqotlarini laboratoriya sichqonlarida o‘tkazishgan. Sichqonlar har biri o‘z ratsioniga ega bo‘lgan 4 guruhga bo‘lingan. Dastlabki ikkita guruhda sichqonlar xom go‘sht va shirin kartoshka yegan. 3- va 4-guruh sichqonlariga shu mahsulotlar qaynatilgan, qovurilgan yoki dimlangan holda berilgan.

Tajriba natijalariga ko‘ra, turli usulda tayyorlangan sabzavotlar bilan oziqalangan sichqonlarda mikroflora kuchli farq qilgan, chunki xom mahsulotlar ichakdagi foydali bakteriyalarni o‘ldirgan, termik ishlov berilganlari esa, aksincha, ovqat hazm qilishga yordam bergan.

So‘ngra olimlar shu tajribani odamlarda o‘tkazishgan. Bunda ham xom sabzavotlar ta'siri sichqonlardagi kabi bo‘lgan.

Olimlar bundan xom sabzavotlar ichakdagi foydali bakteriyalarni o‘ldirishi, termik ishlanganlari esa aks ta'sirga ega bo‘lib, ichak mikroflorasiga ijobiy ta'sir qilishi haqidagi xulosaga kelishgan.

Avvalroq inson organizmi g‘oz, o‘rdak, qo‘y va cho‘chqa go‘shtini qiyinroq o‘zlashtirishi, biroq ko‘p narsa go‘shtni tayyorlash va uni iste'mol qilish chastotasiga bog‘liqligi ma'lum qilingandi. Aniqlanishicha, sabzavotlar bilan iste'mol qilingan go‘sht yaxshi hazm qilinadi, kabobda esa tutun zarralari va kanserogen moddalar bo‘ladi.

Mavzuga oid