Elektromobillar, gibrid dvigatelli va ekologik yaxshilangan avtomobillar: O‘zbekistonda transport sohasida jiddiy o‘zgarishlar kutilyapti
O‘zbekistonda ekologik jihatdan yaxshilangan motor yoqilg‘isi va avtomobillar ishlab chiqarish va ulardan foydalanish kengaytiriladi. Bu haqda 2019-2030 yillar davrida O‘zbekiston Respublikasining “yashil” iqtisodiyotga o‘tish strategiyasida aytilgan.
Xususan, transport xarajatlarini qisqartirish va transport sohasining samarali faoliyatini ta'minlashga qaratilgan yagona kompleks rivojlanish siyosati shakllantiriladi, shaharni uzoq muddatli rivojlantirish rejalari va ekologik xavfsizlik choralariga muvofiq “yashil” transport rivojlantiriladi.
Yevro-4 va undan yuqori standartlarga mos keluvchi energiya samaradorligi va ekologik tavsiflari yaxshilangan avtotransport vositalari, elektromobillar, gibrid dvigatelli avtomobillar va gaz yoqilg‘isida ishlaydigan avtomobillar ishlab chiqarish va ulardan foydalanishni kengaytiriladi.
Shuningdek, yaxshilangan tavsifga ega motor yonilg‘ilari ishlab chiqariladi, avtotransport parkini yangilashda davom etish, eski avtomobillarni utilizatsiya qilish va yangi, yanada ekologik avtomobillarni sotib olishni rag‘batlantiruvchi dasturlar ishlab chiqiladi.
Bundan tashqari, jamoat transportining samarali tizimlari yaratiladi va takomillashtiriladi (yaxshilangan tavsifga ega jamoat transporti ulushi oshiriladi), yangi transport-logistika tizimlarini yaratiladi va rivojlantiriladi, yo‘l infratuzilmasi rivojlantiriladi.
Ta'kidlanishicha, foydalanilayotgan transport vositalarining ekologik holati ustidan davlat nazorati ham kuchaytiriladi.
Mavzuga oid
12:22 / 23.12.2024
Kurash trenerlari va hakamlarini xorijiy davlatlarga “eksport” qilish yo‘lga qo‘yiladi
11:18 / 27.11.2024
Milliy simfonik orkestri xodimlari maoshi oshiriladi
13:55 / 20.11.2024
2025 yil “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” deb e’lon qilindi
09:55 / 15.10.2024