Jahon | 16:03 / 09.10.2019
6704
1 daqiqa o‘qiladi

Kimyo bo‘yicha Nobel mukofoti litiy-ion batareyalarini ishlab chiqargan olimlarga berildi

Foto: Naina Helen Jama/TT News Agency/via REUTERS

Kimyo bo‘yicha 2019 yilgi Nobel mukofoti olimlar Jon Gudenaf, Stenli Uittingxem va Akira Yoshinoga litiy-ion batareyalarini ishlab chiqarganliklari uchun berildi. Bu haqda Shvetsiya qirollik fanlar akademiyasining Nobel qo‘mitasi ma'lum qildi.

Mukofotni topshirish marosimi an'anaga ko‘ra 10 dekabr, Nobel mukofotlari asoschisi - shvetsiyalik tadbirkor va ixtirochi Alfred Nobelning vafot etgan kuni o‘tkaziladi.

Nobel mukofotlaridan har birining miqdori to‘qqiz million shved kronasi (950 ming dollardan ozroq)ni tashkil etadi.

Avvalroq fizika va tibbiyot bo‘yicha laureatlar nomi e'lon qilingandi.

Mavzuga oid