Sport | 18:55 / 13.10.2019
9604
1 daqiqa o‘qiladi

Neymar yana jarohat oldi

Braziliya Nigeriya bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazdi (1:1).

O‘yinning birinchi bo‘limida «PSJ» forvardi Neymar jarohat oldi. 27 yoshli futbolchi bel qismini shikastlab oldi.

O‘yinning 12-daqiqasidayoq Neymar o‘z o‘rnini Filippe Koutinoga bo‘shatib berdi.

Neymar Fransiya chempionatida o‘tgan mavsumning ikkinchi qismi va yangi mavsum startini jarohat tufayli o‘tkazib yuborgandi. U chempionatda 5 o‘yinda maydonga tushib, 4ta gol urdi.

Mavzuga oid