Dominikana turistlar o‘limi bilan bog‘liq mojaro sababli 200 mln dollar yo‘qotdi
Dominikana Respublikasi turizm sanoati amerikalik turistlarning o‘limi haqidagi xabarlar ortidan 200 mln dollar yo‘qotdi. Bu haqda Dominican Today portali xabar qildi.
"Turistlarning o‘limi haqidagi xabarlardan so‘ng Dominikanaga Shimoliy Amerika va Yevropadan turistlar oqimi kamaydi. Iyundan sentyabrga qadar AQShdan 170 ming nafar kam turist kelgan", - deb yozadi portal. Qayd etilishicha, har bir turist ta'til davomida bu yerda o‘rtacha 1,2 ming dollar sarflaydi.
Dominikanada shu yil aprelidan iyunigacha bo‘lgan muddat ichida sog‘ligi bilan bog‘liq kutilmagan muammolar sababli 10dan ortiq amerikalik turistlar vafot etdi. Ularning o‘limiga qo‘lbola alkogol sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.
Dominikana hukumati turistlar tabiiy sabablar bilan vafot etganini ta'kidlamoqda. Turistlarning sirli o‘limlarini tekshirish uchun FQB ham jalb etildi.
Mavzuga oid
18:57 / 07.12.2024
Dominikana rasmiylari rekord darajadagi 9,5 tonna kokainni musodara qildi
00:08 / 08.07.2021
Dominikanaga qarashli harbiy vertolyot Haiti bilan chegarada falokatga uchradi
08:12 / 27.11.2019
Dominikanada rossiyalik sayyohlar avtobusi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi
21:51 / 24.07.2018